add

Saudiya Arabistoni JCH-2034 paytida alkogolga cheklangan ruxsat beradi

27.05.2025 | 08:3027282

2034 yili futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan Jahon chempionati davomida Saudiya Arabistonida ayrim hududlarda spirtli ichimliklar iste’moliga ruxsat berilishi kutilmoqda. Bu mamlakat tarixidagi ilk bunday yechim bo‘ladi.

Saudiya Arabistoni JCH-2034 paytida alkogolga cheklangan ruxsat beradi
1952 yildan beri mamlakatda alkogol mahsulotlari qat’iy taqiqlangan. Ammo xalqaro bosim va turizm rivoji tufayli Saudiya rasmiylari JCH-2034 davomida 600 ga yaqin sayyohlik hududida cheklangan shaklda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga imkon yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Sun nashrlari xabar berdi. Avvalroq mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elchisi Xolid ibn Bandar Ol Saud chempionat davomida alkogol sotilmasligini aytgandi. Ammo oxirgi qarorga ko‘ra, besh yulduzli mehmonxonalar, turistik hududlar kabi litsenziyalangan joylarda past gradusli ichimliklar – vino, pivo va sidr sotilishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, jamoat joylarida, xususiy uylar yoki do‘konlarda alkogol iste’moli va 20 foizdan ortiq spirt miqdoriga ega ichimliklar sotilishi hamon man qilingan. Saudiyaning bu qarori BAA va Bahrayn kabi turizm bozoridagi raqiblar bilan raqobatlashishga qaratilgani ta’kidlanmoqda. Shu bilan birga, mamlakat an’anaviy qonunlarini to‘liq o‘zgartirmasdan, xalqaro talablarga qisman moslashishga harakat qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid