add

Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun onlayn turistik vizani tikladi

12.07.2025 | 15:3025641

Endi O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga 1 yillik turistik vizani onlayn tarzda rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu yangilik tadbirkorlar, ziyoratchilar va sayohat ixlosmandlari uchun katta qulaylik yaratadi.

Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun onlayn turistik vizani tikladi
Yangi tartibga ko‘ra, turistik vizani 1 yil muddatga rasmiylashtirish mumkin bo‘lib, bu jarayon to‘liq onlayn tarzda amalga oshiriladi. Viza to‘lovi 107 AQSH dollarini tashkil qiladi. Ariza berish jarayoni uchun fuqarolar evisa.visitsaudi.com sayti orqali murojaat qilishi mumkin. Viza rasmiylashtirishda asosiy talablardan biri – to‘liq shaklda to‘ldirilgan onlayn anketa va amaldagi pasport hisoblanadi. Viza faqatgina turistik maqsadlarda beriladi va boshqa faoliyat turlariga ruxsat bermaydi.

Teglar

Mavzuga oid

Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun onlayn turistik vizani tikladi | Vaqt.uz