add

Saudiya Arabistoniga sayohat qilayotgan o‘zbekistonliklar soni 50 foizga ko‘paydi

11.10.2025 | 20:3943352

2025 yilning yanvar–avgust oylarida Saudiya Arabistoniga borgan o‘zbekistonliklar soni 165,7 ming nafarga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 48 foizga ko‘pdir. Safarlarning asosiy qismi sayohat va qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida amalga oshirilgan.

Saudiya Arabistoniga sayohat qilayotgan o‘zbekistonliklar soni 50 foizga ko‘paydi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi sakkiz oyida 165,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi turizm maqsadida Saudiya Arabistoniga safar qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,8 ming kishiga ko‘p bo‘lib, 48,1 foizlik o‘sishni anglatadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiyaga borgan fuqarolarning 141,6 ming nafari sayyohat, 23,5 ming nafari qarindoshlarni yo‘qlash, 548 nafari davolanish, 62 nafari xizmat safari, 18 nafari esa ta’lim maqsadida borgan. Saudiya Arabistonining Haj va umra ishlari vazirligi joriy yil boshida mamlakatning har qanday turdagi vizasiga ega bo‘lgan shaxslarga umra ziyoratini amalga oshirish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgan edi. Bu qaror O‘zbekiston va boshqa musulmon mamlakat fuqarolari uchun safarlarni ancha yengillashtirdi.

Teglar

Mavzuga oid