add

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda?

24.06.2025 | 13:1135417

2025 yil iyun oyida Octobank Shanxayda bo‘lib o‘tgan eng yirik xalqaro moliyaviy ko‘rgazmalardan biri — China International Financial Exhibition ko‘rgazmasida ishtirok etdi. 

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda?
Octobank Markaziy Osiyoning kam sonli vakillaridan biri sifatida - China International Financial Exhibition xalqaro moliyaviy ko‘rgazmasi ishtirokchisiga aylandi. 18-20 iyun kunlari Octobank stendi oldida fintex kompaniyalari, to‘lov tizimlari va yetakchi xalqaro banklar vakillari bilan mazmunli muzokaralar o‘tkazildi. Asosiy e’tibor xalqaro hisob-kitoblar, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi loyihalarga qaratildi. Octobank 24 06 02   CIPS rahbariyati bilan uchrashuv Tadbir doirasida Octobank Boshqaruvi raisi Iskandar Tursunov va CIPS (Cross-Boder Interbank Payment System) xalqaro to‘lov tizimi rahbari janob Xuan Fu o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Markaziy Osiyo uchun yuandagi to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish, mintaqaviy korxonalarni CIPS tizimiga bevosita ulash istiqbollari va kelgusidagi hamkorlikni muhokama qildilar. Muzokaralar yakunida navbatdagi uchrashuvni O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib olindi.
«Xitoy — O‘zbekistonning asosiy tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Biz O‘zbekiston-Xitoy savdo aylanmasi doirasida chegaralararo to‘lovlar, raqamli infratuzilma va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarini rivojlantirishga intilmoqdamiz. Hamkorlik loyihalari va tajriba almashish uchun ochiqmiz», — dedi Iskandar Tursunov.
Octobank 24 06 04 Bankning ishbilarmonlik sessiyasidagi taqdimoti va Xitoy OAVlariga bergan intervyusi Bank vakili Li xonim biznes sessiya ishtirokchilarini Octobank faoliyati va yutuqlari bilan tanishtirdi. Taqdimotda 2025-yilning II choragidagi ishlar sarhisob qilinib, asosiy rivojlanish yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, yilning dastlabki uch oyida bank 8,4 mln dollar sof foyda ko‘rdi, umumiy kapitalini 67,6 mln dollargacha oshirdi va rentabellik darajasi 49,7 foizni tashkil etdi. Bank aktivlari 315,1 mln dollarga yetdi. Octobank brendi 30 mln dollarga baholangan va uning barqarorligi Moodyʼs va S&P xalqaro agentliklari tomonidan tasdiqlangan. Bundan tashqari, Li xonim Xitoyning yirik ommaviy axborot vositalari — CCTV, Xinhua News Agency, Shanhgai TV, Finance, Securuties Dailyva boshqalarga o‘z sharhlarini berdi. U Octobankning Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdoni rivojlantirish, yuan hisob-kitoblarini kengaytirish, texnologik hamkorlik va ekologik loyihalarda ishtirok etishga strategik sodiqligini ta’kidlab o‘tdi. Octobank Xitoyning bir qator yirik ishtirokchi banklari — Bank of China, China Merchans Bank, Bank of Ningbo, China Postal Savings Bank, China Zheshang Bank, Bank og Xinjiang, Hank og Jiangsu, Zhejiang Chouzhou Commercial Bank, shuningdek, xalqaro ishtirokchilar: Aktif Bank (Turkiya), African Export-Import Bank, Standart Bank (JAR), HSBC (Buyuk Britaniya), Banhkok Bank (Tailand), TransBank (Mo‘g‘uliston), Bank Mandiri (Indoneziya) bilan quyidagi qo‘shma loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib bordi:
  • Markaziy Osiyo texnologik innovatsiyalar jamg‘armasini tashkil etish;
  • shamol energetikasi loyihasini moliyalashtirish uchun panda-obligatsiyalarini chiqarish;
  • Ant Chain bilan eksport bo‘yicha raqamli hisob-kitoblar uchun blokcheyn platformasini birgalikda ishlab chiqish;
  • CIPS interfeysini rus va o‘zbek tillarida mahalliylashtirish.
Octobank 24 06 03 CIPS tizimi haqida CIPS (Cross-Boder Interbank Payment System) — Xitoy Xalq banki tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro transchegaraviy to‘lovlar tizimi. U mamlakatlar o‘rtasida bevosita yuan hisob-kitoblarini korrespondent banklar ishtirokisiz amalga oshirish imkonini beradi. bugungi kunda CIPS 180+ mamlakatdan 170 dan ortiq bevosita va 1500 dan ortiq bilvosita ishtirokchilarni birlashtiradi.

Octobank CIPS tizimini Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish strategiyasi doirasidagi asosiy vositalardan biri sifatida baholaydi.

Reklama huquqi asosida

Teglar

Mavzuga oid