add

SBU dronlari Qrimdagi aviabazaga zarba berdi: beshta samolyot yo‘q qilingan

05.08.2025 | 08:2039403

Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) dronlari Qrimdagi Saki aerodromiga zarba berdi. Hujum natijasida beshta harbiy samolyot va qurol-aslaha ombori yo‘q qilindi.

SBU dronlari Qrimdagi aviabazaga zarba berdi: beshta samolyot yo‘q qilingan
2025 yil 4 avgustga o‘tar kechasi Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) dronlari tomonidan Qrimda joylashgan Saki aerodromiga zarba berildi. Bu haqda SBUning rasmiy xabarlariga tayanib mahalliy ommaviy axborot vositalari ma’lum qilmoqda. Saki — Rossiyaning Qora dengizdagi asosiy harbiy aviabazalaridan biri bo‘lib, unda turli frontlarga aviatsiya ko‘magi yo‘llanadi. SBUning «A» maxsus operatsiyalar markazi tomonidan amalga oshirilgan hujum natijasida birta Su-30SM to‘liq yo‘q qilindi, yana birtasiga jiddiy shikast yetkazildi. Shuningdek, uchta Su-24 bomba tashlovchi front samolyotlariga ham ziyon yetkazilgan. Su-30SM — Rossiyaning zamonaviy qiruvchi samolyoti bo‘lib, uning bozordagi bahosi taxminan 35–50 million dollar oralig‘ida. Uning shikastlanishi yoki yo‘q qilinishi Rossiyaning havo kuchlariga sezilarli zarba hisoblanadi. SBU ma’lumotlariga ko‘ra, hujum paytida dronlar nafaqat samolyotlarni, balki aerodrom hududida joylashgan aviatsiya qurol-aslahalari omborini ham nishonga olgan. Bu omborda uchishda ishlatiladigan raketalar va boshqa qurollar saqlanishi ma’lum qilingan. Qrim aholisi ham hujum paytidagi portlashlarni eshitgani va ijtimoiy tarmoqlarda dronlar haqida xabarlar tarqatgani ma’lum. Rasmiy Rossiya tomoni hozircha bu hujum yuzasidan izoh bermagan.

Teglar

Mavzuga oid

SBU dronlari Qrimdagi aviabazaga zarba berdi: beshta samolyot yo‘q qilingan | Vaqt.uz