add

Sea Breeze Uzbekistan'ni qo‘llayotgan hokimlik, mukofotlangan Mirziyoyev va banklarning yarim yillik foydasi — 4 avgust dayjesti

05.08.2025 | 22:0011768

Kun davomida O‘zbekistonda yuz bergan voqealar, hodisalar yoritilgan yangiliklar va xabarlarning eng muhimlarini yana bir bor esga olamiz.

Sea Breeze Uzbekistan'ni qo‘llayotgan hokimlik, mukofotlangan Mirziyoyev va banklarning yarim yillik foydasi — 4 avgust dayjesti
Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze Uzbekistan qurilishiga rasmiy izoh berdi Toshkent viloyati hokimligi bayonotiga ko‘ra, loyiha orqali 10 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilib, xorijiy turistlar sonini 5 milliongacha oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, hokimiyat loyiha atrofidagi ekologik, qurilish, kadastr va sanitariya talablariga qat’iy amal qilinishini va monitoring ochiq o‘tkazilishini kafolatlagan. Yer uchastkalarini ajratish, ijaraga berish va mulk huquqlarini tan olish masalalarida fuqarolarga qonuniy kompensatsiyalar to‘lanishi ta’kidlangan. Bundan tashqari, viloyat hokimligi respublikaning amaldagi qonunchiligini buzishga, atrof-muhitga yoki jamoat manfaatlariga har qanday zarar yetkazishga uringanlarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishini ta’kidlagan. borilishini kafolatladi. Qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.   Mirziyoyev Turkmanistonda orden bilan mukofotlandi 5 avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida Ashxobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning «Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun» ordeni tantanali ravishda topshirildi. Marosimda Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va rasmiy delegatsiya a’zolari ishtirok etdi. Davlat rahbari yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirib, uni O‘zbekiston xalqi va Markaziy Osiyodagi do‘stlik hamkorligi yo‘lidagi umumiy sa’y-harakatlarning e’tirofi sifatida qabul qilishini ta’kidladi.   «Shaharsozlik renovatsiyasi»da mulkdorlar bilan hisoblashiladimi? «Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi. Uning asosiy maqsadi — eski va avariya holatidagi binolarni zamonaviy, qulay va energiya samarador uylarga almashtirish, mulkdorlar huquqlarini himoya qilish hamda jarayonni ochiq tarzda amalga oshirishdir. Renovatsiya faqat mulkdorlar roziligi va notarial kelishuv asosida amalga oshirilishi belgilangan.  Qonun loyihasiga ko‘ra, mulkdorlarga adolatli kompensatsiya — yangi uy-joy, pul yoki boshqa shaklda qoplash taklif etiladi. Barcha loyihalar jamoat muhokamasi va mahalliy kengashlar ko‘rib chiqishi orqali tasdiqlanishi lozim. Ikkinchi o‘qishda hujjat deputatlar takliflari bilan takomillashtiriladi.   O‘zbekiston banklari yarim yillik foydasini 6,5 trln so‘mga yetkazdi Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–iyun oylarida bank tizimi umumiy sof foydasi 6,5 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 991 mlrd so‘mga yoki 18 foizga ko‘pdir.  Eng ko‘p foyda olganlar orasida Milliy bank — 1,005 trln so‘m (+60,3 mlrd) Sanoat-qurilish banki — 808,6 mlrd so‘m (+40,2 mlrd) Hamkorbank — 806,8 mlrd so‘m (+138,7 mlrd) egalladi. Biznes rivojlantirish banki ham katta o‘sish qayd etdi — +697,7 mlrd so‘m. Shu bilan birga, olti bank yarim yillikni zarar bilan yakunladi. Eng katta zarar ko‘rgan banklar: Ipoteka bank — 584,3 mlrd so‘m Apexbank — 49,3 mlrd so‘m, Yangibank — 47,3 mlrd so‘m yo‘qotdi. Top‑10 foyda oluvchi banklar ro‘yxati birinchi chorakdan beri o‘zgargani yo‘q. Xususiy banklar orasida: Octobank — +112,6 mlrd Agrobank — +176,6 mlrd Universalbank — +65,2 mlrd faol o‘sish ko‘rsatdi.   «O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston temir yo‘li», «Zaiflik global indeksi», «Innovatsion xab»: Mirziyoyev BMT anjumanida muhim tashabbuslarni ilgari surdi Mirziyoyev BMT anjumanida logistika, infratuzilma va innovatsiya bo‘yicha muhim tashabbuslar bilan chiqdi. Prezident «O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston» temir yo‘lini jadal qurish, «Tranzit kafolatlari» global bitimini ishlab chiqish, hamda xalqaro donorlar ishtirokida «Logistika integratsiyasiga ko‘maklashish jamg‘armasi»ni tashkil etishni taklif qildi. Bu tashabbuslar mintaqada savdo va transport salohiyatini oshirishga qaratilgan.  Mirziyoyev, shuningdek, «Zaiflik global indeksi»ni yaratish, agrar sohada Innovatsion xab tashkil etish, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha forumlar o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi. O‘zbekiston Xalqaro tahlil markazi faoliyatiga qo‘shilish niyatini ham bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid