add

Sem Altman: «Sun’iy intellekt 2030 yilga kelib inson qobiliyatidan oshib ketadi»

30.09.2025 | 18:3021583

OpenAI rahbari Sem Altman yaqin yillarda neyron tarmoqlar insonlar bajara olmaydigan kashfiyotlarni amalga oshirishini aytdi.

Sem Altman: «Sun’iy intellekt 2030 yilga kelib inson qobiliyatidan oshib ketadi»
OpenAI bosh direktori Sem Altman sun’iy intellekt sohasidagi rivojlanish tezligi haqida fikr bildirib, 2030 yilga kelib modellar inson imkoniyatlaridan oshib ketishi mumkinligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, GPT-5 kabi modellar allaqachon ayrim sohalarda odamlardan aqlliroq ishlamoqda. Altman yaqin yillarda yangi «hayratlanarli» modellar paydo bo‘lishini va 2026 yilga kelib ularning imkoniyatlari sezilarli oshishini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, 2030 yilga kelib sun’iy intellekt inson uchun mutlaqo imkonsiz bo‘lgan vazifalarni bajara oladi. «Yaqin kelajakda iqtisodiyotdagi vazifalarning 30−40 foizini sun’iy intellekt bajaradigan dunyoni osongina tasavvur qila olaman», — dedi Altman. Altmandan Apple’ning sobiq bosh dizayneri Joni Ayv bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan yangi qurilma haqida ham so‘rashdi. Unga ko‘ra, rejada «qurilmalar oilasi» bor, lekin hozir tadqiqot bosqichi davom etmoqda va prototiplar yaqin orada tayyor bo‘lmaydi. OpenAI’ning tijorat yo‘nalishiga o‘tishi bo‘yicha tanqidlarga javoban Altman kompaniyaning notijorat tuzilmasi saqlanib qolishini, u doimo faoliyat ko‘rsatishini ta’kidladi. Avvalroq AQSHning Fremont shahridagi Tesla zavodida sanoat roboti texnik mutaxassisga hujum qilib, og‘ir jarohat yetkazgan edi.

Teglar

Mavzuga oid