add

Sergey Lavrov: «Rossiya ilk bor ittifoqchilarsiz urush olib bormoqda»

28.07.2025 | 18:0026083

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat tarixida birinchi marta urushni mutlaqo ittifoqchilarsiz olib borayotganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu holat hatto sovuq urush davrida ham kuzatilmagan.

Sergey Lavrov: «Rossiya ilk bor ittifoqchilarsiz urush olib bormoqda»
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hozir butun G‘arbga qarshi yolg‘iz kurash olib bormoqda. Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari paytida Rossiyaning ittifoqchilari bo‘lgan, bugun esa jang maydonida birortasi yo‘q. Shu bois, mamlakat faqat o‘z kuchiga suyanishi kerak va hech qanday zaiflikka yo‘l qo‘yilmasligi lozim, dedi u «Ma’nolar hududi» forumidagi chiqishida. Unga ko‘ra, Yevropa tarixan Rossiyaning asosiy savdo hamkori bo‘lgan, biroq hozir bu qit’a «yo‘qolikka yuz tutgan». AQSH esa Kremlga nisbatan hurmatini yo‘qotgan, bu esa sovuq urush davrida ham kuzatilmagan holat. Lavrovning ta’kidlashicha, o‘shanda AQSH va SSSR o‘rtasida muloqot uzilmagan va taraflar o‘zaro hurmatga amal qilgan bo‘lsa, bugun bunday munosabatlar kuzatilmayapti. Lavrov shuningdek, Rossiya o‘zining «xavfsizlikni ta’minlash borasidagi qonuniy talablari»da qattiq turishda davom etishini bildirdi. Ushbu talablar qatorida Ukrainaga NATOga a’zo bo‘lish taqiqini qo‘yish, alyansning sharqqa kengayishidan voz kechish va «joydagi realliklar»ni — ya’ni Ukraina hududlarining anneksiya qilinganini tan olish kabi shartlar bor. Uning bu bayonoti fon markazlarida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ayrim tahlilchilar bu so‘zlarni Rossiyaning diplomatik yolg‘izlikda qolganini ochiq e’tirof etish, deb baholamoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Sergey Lavrov: «Rossiya ilk bor ittifoqchilarsiz urush olib bormoqda» | Vaqt.uz