add

Shahnoza Mirziyoyeva World Aquatics byuro a’zoligiga saylandi

29.07.2025 | 19:4020242

Singapurda bo‘lib o‘tgan suv sportlari bo‘yicha jahon chempionati doirasidagi World Aquatics federatsiyasi Kongressida Shahnoza Mirziyoyeva tashkilotning byurosi a’zoligiga qabul qilindi. Bu haqda uning o‘zi instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

Shahnoza Mirziyoyeva World Aquatics byuro a’zoligiga saylandi
Mirziyoyeva ushbu vazifani katta mamnuniyat bilan qabul qilganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bu faqat shaxsiy yutuq emas, balki har qanday sharoitda ham sportni hamma uchun ochiq va imkoniyatli qilishga intilgan jamoaning zahmatli mehnatini tan olishdir. «Mening ishonchim komil, Byuro faoliyatida ishtirok etish suv sport turlarini rivojlantirishga e’tiborni oshirishga xizmat qiladi va men World Aquatics tarkibidagi barcha sport turlari yanada ommabop bo‘lishi, shuningdek o‘zbek sportchilari nomlari jahon arenalarida yanada balandroq yangrashi uchun barcha kuch-g‘ayratimni berishga tayyorman», - dedi Mirziyoyeva. Eslatib o‘tamiz, World Aquatics — butun dunyo bo‘yicha suv sporti turlarini targ‘ib qiluvchi va boshqaruvchi xalqaro federatsiya hisoblanadi. https://www.instagram.com/p/DMr4woNNGoZ/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=OWNraGRkbG5kMzli

Teglar

Mavzuga oid