add

«Shartnoma shartlari qonunchilikka mos bo‘lishi kerak» — Markaziy bank barcha tijorat banklarini ogohlantirdi

09.10.2025 | 13:0030713

So‘nggi paytlarda ayrim banklar tomonidan kredit shartnomalariga mijoz huquqlarini cheklovchi shartlar kiritilayotgan holatlar kuzatilmoqda. Markaziy bank buni qonunchilikka zid holat yekanligini eslatdi.

«Shartnoma shartlari qonunchilikka mos bo‘lishi kerak» — Markaziy bank barcha tijorat banklarini ogohlantirdi
Ayrim banklar tomonidan kredit shartnomalariga mijoz huquqlarini cheklovchi talablar: kredit to‘lovlar jadvalidagi sana yoki miqdor o‘zgargan taqdirda, yangilangan ma’lumotni faqat qarzdor so‘roviga ko‘ra taqdim etish tartibini joriy etmoqda. Bunday tartib mijozlarning axborot olish huquqini buzadi va amaldagi qonunchilikka zid, deb ta’kidlamoqda Markaziy bank. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi hamda «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlarda banklar mijozga xizmat shartlari va qiymati haqida to‘liq, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot taqdim etishi shartligi belgilangan. Iste’molchi huquqlarini cheklovchi shartlar haqiqiy hisoblanmaydi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, kreditni qaytarish jadvali kredit shartnomasining ajralmas qismi bo‘lib, unda qarz qoldig‘i, asosiy qarz va foiz to‘lovlari hamda ularning amalga oshirish sanasi ko‘rsatiladi. Shu sababli, to‘lov jadvalidagi har qanday o‘zgarishlar haqida mijoz o‘z vaqtida xabardor qilinishi lozim. Aks holda, qarzdor o‘z to‘lov majburiyatlarini vaqtida bajarmasligi, ortiqcha foiz va jarimalar hisoblanishi, kredit tarixining yomonlashishi, hamda bank bilan nizolar kelib chiqishi mumkin. Markaziy bank barcha tijorat banklaridan mijoz huquqlarini cheklovchi bunday amaliyotlarni to‘xtatishni, ilgari tuzilgan shartnomalardagi shunday shartlarni bekor qilishni va kredit jadvallaridagi har bir o‘zgarishni mijozga o‘z vaqtida yetkazishni talab qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid