add

Shavkat Mirziyoyev AQSHga boradi

17.09.2025 | 15:4031263

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSHga tashrif buyurib, BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ishtirok etishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev AQSHga boradi
Har yili sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi Nyu-York shahrida anjuman o‘tkazadi. Bu yigi 80-sessiya 9 sentyabrda ochilib, 30 sentyabrga qadar davom etadi. Shu kunlarda dunyo yetakchilari Manhettenda yig‘ilib, yoki yanada kuchayayotgan beqarorlikka chek qo‘yishga urinadi, yoki tartibsizlikning kengayishiga yo‘l qo‘yib qo‘yishi mumkin, deb yozmoqda PassBlue. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtiroki BMTning dastlabki jadvalida 23 sentyabrda ekani ko‘rsatilgan. Ma’lumot uchun, Mirziyoyev birinchi marta 2017 yilda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zlagan edi. BMTning 80-sessiyada 193 davlat yetakchilari dunyo siyosatidagi eng dolzarb masalalar yuzasidan nutq so‘zlaydi. Majlisda global xavfsizlik, sun’iy intellekt, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat inqirozi va xalqaro moliya tizimi masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan. AQSH prezidenti Donald Tramp ham 23 sentyabr kuni nutq so‘zlashi belgilangan. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish taklif qilgan UN80 islohot dasturi ham asosiy kun tartibidan o‘rin olgan. Ushbu dastur xalqaro tashkilot faoliyatini samaraliroq qilishga qaratilgan bo‘lsa-da, ayrim davlatlar uni shoshma-shosharchilikda tayyorlangan deb tanqid qilmoqda. Tashrif chog‘ida prezident Mirziyoyev dunyo hamjamiyati oldida O‘zbekistonning tashqi siyosiy yo‘nalishini, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga doir takliflarini yana bir bor bayon qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid