add

Shavkat Mirziyoyev Davosda Tinchlik kengashi nizomini imzoladi

Bugun 15:552 daqiqa

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22-yanvar kuni Davos shahrida AQSH Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev Davosda Tinchlik kengashi nizomini imzoladi

AQSH Tramp G‘azoda barqaror tinchlikni ta’minlash va hududni qayta tiklashga qaratilgan 20 banddan iborat rejani ilgari surmoqda. Ushbu rejani amalga oshirish uchun yangi xalqaro tuzilma — Tinchlik kengashi tashkil etilmoqda, unga AQSH prezidentining o‘zi raislik qiladi.

Tinchlik kengashiga doimiy a’zo bo‘lish uchun davlatlardan 1 milliard dollar miqdorida badal to‘lash talab etiladi. Tramp tanqidchilari ushbu tuzilmani Birlashgan Millatlar Tashkilotiga muqobil institut sifatida baholamoqda.

«Biz sakkizta mojaroga nuqta qo‘ydik, ishonamanki, yaqin orada yana bittasini tugatamiz. Sizlar u qaysi ekanini bilib turibsizlar. Uni men eng osonlaridan biri deb o‘ylagandim, lekin eng murakkabi bo‘lib chiqdi», — dedi Tramp Nizomni imzolash marosimida chiqish qila turib.

Amerika yetakchisi Ukraina masalasida tomonlarda juda katta muvaffaqiyatga erishganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi o‘tib ketgan.

Avvalroq Donald Tramp Tinchlik Kengashiga a’zo bo‘lish uchun 60 ta davlatga taklifnoma yuborgani xabar qilingan edi.

mirziyoyev Davos 2

Garchi Fransiya boshliq Yevropaning yetakchi davlatlari Kengashda ishtirok etishdan bosh tortgan bo‘lsa-da, Trampga ko‘ra 35 ta davlat Tinchlik Kengashi Nizomini imzolashga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Ular orasida Argentina, Armaniston, BAA, Belarus, Vengriya, Vietnam, Indoneziya, Iordaniya, Marokash, Misr, Ozarboyjon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi davlatlar bor.

Fransiya AQSH prezidenti Donald Tramp G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga a’zo bo‘lishni rad etgan. Bunga nisbatan Tramp agar Parij kengashga qo‘shilmasa, fransuz vino va shampanlariga 200 foizlik boj joriy etishini ma’lum qilgandi.

Teglar

Mavzuga oid