add

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)

30.01.2026 | 13:561 daqiqa

30-yanvar Islom Karimov tavalludi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev uning Toshkent shahridagi haykali poyiga gulchambar qo‘yib, xotirasini yod etdi.

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)

Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

4

5

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi, davlatchilik asoslarining barpo etilishida Birinchi Prezident Islom Karimovning xizmatlari beqiyos ekani chuqur hurmat va e’tirof bilan yodga olinadi.

9

«Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va e’tibori bilan Birinchi Prezidentning xotirasi abadiylashtirildi, Samarqandda uning maqbarasi barpo etildi. Islom Karimov tavallud topgan 30-yanvar sanasini nishonlash ezgu an’anaga aylandi», — deyiladi xabarda.

Marosim davomida Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. Birinchi Prezidentning Vatan manfaatlari yo‘lidagi faoliyati, insoniy fazilatlari yodga olindi.

10

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tgan marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, Birinchi Prezidentning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yilib, xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi.

Teglar

Mavzuga oid