add

Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi bilan boradi

23.06.2025 | 11:2036962

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24–25 iyun kunlari Mo‘g‘ulistonda davlat tashrifi bilan bo‘ladi. Ushbu safar Prezident Mirziyoyevning mazkur davlatga ilk tashrifi hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi bilan boradi
Tashrif Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan amalga oshiriladi. Bu tashrif 1992 yilda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan beri O‘zbekiston rahbarining birinchi rasmiy safari hisoblanadi. Shuningdek, u Mo‘g‘uliston rahbarining 2024 yilda O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifiga javob sifatida baholanmoqda. Tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari rasmiy muzokaralar olib boradi. Suhbatlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 25 yanvar kuni o‘rnatilgan. So‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar izchil ravishda rivojlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi bilan boradi | Vaqt.uz