add

Sherzodxon Qudratxo‘ja toshkentliklardan yordam so‘radi

03.09.2025 | 19:403792

U poytaxt aholisini yotoqxonasiz qolgan viloyatlik talabalarga uy eshiklarini ochishga chaqirdi.

Sherzodxon Qudratxo‘ja toshkentliklardan yordam so‘radi
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja poytaxt ahliga videomurojaat yo‘lladi. U toshkentliklarni viloyatlardan kelib, yotoqxonasiz qolgan talabalarni o‘z uylariga qabul qilishga chaqirdi. Rektorning so‘zlariga ko‘ra, barcha OTMlar ham o‘z talabalarini yotoqxona bilan ta’minlay olmaydi. «Do‘stlar, uyingizda bo‘sh turgan yoki joylashish mumkin bo‘lgan bir xonangiz bo‘lsa ham, qora ko‘zlarimiz uchun uy eshiklaringizni ochishingizni so‘rayman. Zahiradagi uylaringiz yoki katta hovlilaringiz bo‘lsa, talabalarni qabul eting. Talaba kirgan joyga fayz kiradi, bilim, ilm-ma’rifat kiradi. U sizni og‘iringizni yengil qiladi, yumushlaringizga qarashadi, sizga sherik, hamsuhbat bo‘ladi. Shunday ekan, mehribon bo‘linglar, bag‘rinkeng bo‘linglar. Zero, talabalarimizning foydasi sizlarga ham tegadi», - deb yozadi rektor o‘zining Telegram-kanalida. Qudratxo‘janing ta’kidlashicha, uning o‘zi ham uch nafar talabani uyiga qabul qilgan.

Teglar

Mavzuga oid