add

Shimoliy koreyalik hakerlar tarixdagi eng yirik kiberjinoyat sodir etdi

09.10.2025 | 17:003173

Ular 2 milliard dollardan ortiq kriptovalyutani o‘zlashtirgan. G‘arb davlatlari va BMT bu mablag‘lar mamlakatning yadro dasturiga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Shimoliy koreyalik hakerlar tarixdagi eng yirik kiberjinoyat sodir etdi
2025 yilda shimoliy koreyalik xakerlar jahondagi eng yirik kiberhujumni amalga oshirib, 2 milliard dollardan ortiq kriptovalyutani o‘g‘irlagan. Bu haqda Londonning Elliptic kompaniyasi ma’lumotiga tayangan holda The Independent nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, eng katta hujum fevral oyida Dubayda joylashgan Bybit kriptobirjasiga qilingan bo‘lib, unda 1,5 milliard dollarlik Ethereum tokenlari o‘g‘irlangan. Bu yilgi umumiy yo‘qotishlarning yarmini aynan shu hodisa tashkil etgan. Tahlilchilarning qayd etishicha, shimoliy koreyalik xakerlar tobora ko‘proq boy kriptoinvestorlarni nishonga olmoqda. Ular xavfsizlik choralariga yetarlicha e’tibor qaratmagan foydalanuvchilarni «ijtimoiy muhandislik» usulida — aldash yoki chalg‘itish yo‘li bilan mablag‘lariga kirish imkoniga ega bo‘lishmoqda. Joriy yilda Shimoliy Koreya bilan bog‘liq deb hisoblanuvchi 30 dan ortiq boshqa kiberhujumlar ham aniqlangan. Jabr ko‘rganlar orasida WOO X, Seedify va LND.fi kabi yirik platformalar bor. Mutahassislar fikricha, haqiqiy zarar ko‘rsatilganidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin, chunki ko‘plab hujumlar ochiqlanmagan. Shu bilan birga, Pxenyan hanuz kiberjinoyatlarga aloqadorligini inkor etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Shimoliy koreyalik hakerlar tarixdagi eng yirik kiberjinoyat sodir etdi | Vaqt.uz