add

Shimoliy vokzal yaqinidagi yerosti yo‘lida yana hayot qaynashi mumkin

24.09.2025 | 19:407094

U yerda savdo shoxobchalari qayta tashkil etilishi kutilmoqda.

Shimoliy vokzal yaqinidagi yerosti yo‘lida yana hayot qaynashi mumkin
Toshkentdagi Shimoliy vokzal va «Toshkent» metro bekati o‘rtasidagi yerosti yo‘li tadbirkorlar uchun ijaraga beriladi. Tegishli masala 24 sentyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining 15-sessiyasida ko‘rib chiqildi, deya xabar berdi Gazeta.uz. Qayd etilishicha, Toshkent shahri hokimi birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Haydarov poytaxtda amalga oshirish rejalashtirilgan loyihalarni taqdim etdi. Loyihalardan biri, Mirobod tumani «Toshkent» metro bekatidan Toshkent Shimoliy vokzali o‘rtadan 4000 kvadrat metrlik yerosti yo‘ldagi davlat xususiy sherikchiligi asosidagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish. Haydarov avval bu joyda do‘konlar bo‘lganini eslagan. «Mana bir necha yillardan beri bo‘m-bo‘sh turibdi 4000 kvadrat metr joy. Aynan shu joyda loyihalarni qilib, o‘sha yerda aholini ko‘proq jalb qilib, keyinchalik bir qismni o‘quv markazlari qilish, savdo-xizmat ko‘rsatish joylari qilish taklif etiladi», - degan Haydarov. Deputatlar loyihani bir ovozdan ma’qullagan. Gazeta.uz'ning eslashicha, 1990 yillarning oxirlaridayoq Toshkentning yirik yer osti o‘tish joylarida hayot qaynagan. Poytaxtning eng katta o‘tish joyi — Shimoliy vokzalda savdo-sotiq avjida bo‘lgan. Bu yerda oziq-ovqat mahsulotlari, gazetalar, eng zarur bo‘lgan nooziq-ovqat mahsulotlari — tish cho‘tkalari, hojatxona qog‘ozi, dezodorantlar va yo‘lda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalar, hatto zargarlik buyumlari, soyabonlar, kiyim-kechaklar, audio va video kassetalar sotiladigan do‘konchalar mavjud bo‘lgan. Bundan tashqari, Shimoliy vokzal yerosti yo‘lida poyabzal va soatni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgan. bugungi kunda ushbu yer osti o‘tish joyi o‘zining ulkan maydoni tufayli kimsasiz ko‘rinadi. Bu yer qorong‘i va noqulay. Ko‘plab odamlar ko‘chani yuqoridan kesib o‘tishda davom etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid