add

Shoir she’ridan ruxsatsiz foydalangan xonanda jarimaga tortildi

06.10.2025 | 11:4547863

Shoir Farhod Muminovning she’rlaridan ruxsatsiz foydalangan xonanda Mirjalol Nematovga sud tomonidan jarima jazosi tayinlandi.

Shoir she’ridan ruxsatsiz foydalangan xonanda jarimaga tortildi
Adliya vazirligi ma’lum qilishicha, Muminovning «Qo‘shni qiz» va «Men turganda» nomli she’rlarini ijrochi Mirjalol Nematov muallif ruxsatisiz qo‘llagani aniqlangan. Bu holat yuzasidan Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati a’zosi bo‘lgan shoir tomonidan vazirlikka rasmiy murojaat qilingan. Adliya vazirligi o‘tkazgan o‘rganish natijasida xonanda mualliflik huquqini buzgani tasdiqlanib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, materiallar sudga yuborilgan. Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi qaroriga ko‘ra, Mirjalol Nematov aybdor deb topilib, 177¹-moddaning birinchi qismi asosida jarima jazosiga tortilgan. Adliya vazirligi ta’kidlashicha, so‘nggi vaqtlarda mualliflik huquqi ob’ektlaridan, xususan, musiqiy asarlar va she’rlardan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘payib bormoqda va bunday huquqbuzarliklarga nisbatan qonun doirasida qattiq choralar ko‘riladi. Avvalroq Shoir Shamsiddin Sadoiyning mualliflik huquqi buzilgani aniqlangan. Sud qarori bilan xonanda Botir Qodirovni 132 mln so‘m miqdorida moddiy va ma’naviy zarar to‘lashga majbur qilindi, shuningdek, u ayrim qo‘shiqlardan foydalanish huquqidan ham mahrum bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid