add

Shovqinga qarshi qonun: endi tungi sokinlik soatlari aniq belgilandi

08.10.2025 | 08:219093

Qonun loyihasi ikki marta rad etilgandan so‘ng uchinchi urinishda qabul qilindi. Unda fuqarolar tinchligini buzish uchun jazo choralari kuchaytirildi.

Shovqinga qarshi qonun: endi tungi sokinlik soatlari aniq belgilandi
O‘zbekistonda uzoq muhokamalardan so‘ng fuqarolarning tinchligi va dam olish huquqini himoya qilishga qaratilgan yangi qonun qabul qilindi. «Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi haqida Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi. Tungi shovqin1 Deputatlar bu hujjatni avval ikki bor rad etgan, chunki ayrim moddalarda javobgarlik va zararni qoplash mexanizmlari aniq belgilanmagan edi. Yangi tahrirda esa bu masalalar qayta ishlandi: endilikda fuqarolarning tinchligini buzish orqali yetkazilgan zarar sud orqali qoplanadi. Qonunga muvofiq, tungi sokinlik soatlari quyidagicha belgilandi:
  • ish kunlarida — soat 23:00 dan 07:00 gacha (avval 06:00 gacha edi);
  • dam olish va bayram kunlarida — soat 22:00 dan 09:00 gacha.
Shu davrda fuqarolarning tinchligini buzish uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi. Ko‘p qavatli uylardagi qurilish va ta’mirlash ishlari faqat ish kunlarida soat 09:00 dan 18:00 gacha ruxsat etiladi. Agar shovqin darajasi me’yordan oshsa, bunday faoliyat vaqtincha to‘xtatilishi mumkin. Qonun, shuningdek, mehnat sharoitida shovqin darajasi yuqori bo‘lgan ishchilarga qo‘shimcha haq to‘lashni ham nazarda tutadi. Bu normalar mehnat kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi. Tinchlik soatlarini muntazam buzgan ob’ektlar faoliyatini to‘xtatish mexanizmi ham aniq belgilab qo‘yildi. Eslatib o‘tamiz, mazkur qonun loyihasi ilk bor 2024 yil iyulida birinchi o‘qishda qabul qilingan, ammo keyinroq ikki marta qayta ishlash uchun qaytarilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Shovqinga qarshi qonun: endi tungi sokinlik soatlari aniq belgilandi | Vaqt.uz