add

Shunaqasi ham bo‘ladi: Norvegiyada 135 metrli yuk kemasi birovning hovlisiga kirib ketdi

24.05.2025 | 11:3020963

Norvegiyaning sohilda joylashgan qishlog‘ida yashovchi Yoxan Xelberg ertalab uyg‘onib, hovlisida ulkan konteyner tashuvchi kemani ko‘rib yoqa ushladi. 135 metrli NCL Salten kemasi tunda yo‘nalishdan chiqib, uning uyi yonidagi boqqa kirib borgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, ammo voqea mahalliy aholi va rasmiylar orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Shunaqasi ham bo‘ladi: Norvegiyada 135 metrli yuk kemasi birovning hovlisiga kirib ketdi
Norvegiyaning sohilda joylashgan qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Yoxan Xelberg shu kunlarda saharlab qo‘shnisining eshik qoqishiga uyg‘ondi. Qo‘shnisi hovlida ulkan kema turganini aytdi. Xelberg oynadan qarab, 135 metrli NCL Salten kemasini ko‘rib, hayratga tushdi. Kema tunda yo‘nalishdan chiqib, to‘g‘ri Xelbergning hovlisiga kirib borgan. Agar u yana 5 metr harakat qilganida, uyning yotoqxonasiga urilishi mumkin edi. Xelberg hodisani eshitmagan, ammo qo‘shnisi Yorgensen kemaning shovqinini eshitib, darhol xabar bergan. NCL Salten kemasi Kipr bayrog‘i ostida harakatlanadi va unda 16 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Kema Orkanger shahriga yo‘l olgan edi, ammo yo‘nalishdan chiqib, sohilga urilib qolgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozir politsiya hodisaning sabablarini o‘rganmoqda. NCL kompaniyasi rahbari hodisani jiddiy deb baholadi va jabrlanuvchilar yo‘qligidan mamnunligini bildirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu kema 2023 yilda ham shunga o‘xshash hodisani boshdan kechirgan. Xelberg hazil bilan: «Menda endi juda katta qo‘shni bor, ammo u tez orada ketadi», dedi.

Teglar

Mavzuga oid

Shunaqasi ham bo‘ladi: Norvegiyada 135 metrli yuk kemasi birovning hovlisiga kirib ketdi | Vaqt.uz