
Shveysariya Trampga shaxsiy sovg‘alar berib, bojlarni pasaytirdi — Axios
Shveysariya AQSH prezidenti Donald Trampning shaxsiy ta’bini inobatga olgan holda, unga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etib, mamlakat mahsulotlariga joriy etilgan yuksak bojlarni pasaytirishga erishdi.

Bu haqda Axios nashri xabar berdi.
4-noyabr kuni AQSHga kelgan Shveysariyaning yirik sanoat kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Trampga shaxsan Rolex brendining stol soatini hamda 1 kilolik personal oltin quymasini sovg‘a qilgan. Oltin quymasiga Trampning AQSHdagi avvalgi va joriy prezidentlik muddati sanog‘ini bildiruvchi «45» va «47» raqamlari muhrlangan.
Axios ma’lumotlariga ko‘ra, delegatsiya Trampga AQSHdagi investitsiyalar haqida va’dalar bergan, uning «oltin, shon-sharaf va biznes elitalarga bo‘lgan muhabbati»ni hisobga olgan holda, bu sovg‘alar bilan siyosiy iltifot qozongan. Jurnalistlar yozishicha, Tramp bu harakatni iliq qabul qilgan.
Natijada, faqat bir necha kun o‘tib, AQSH Shveysariya mahsulotlariga joriy etgan juda yuqori 39 foizlik bojni 15 foizgacha pasaytirgan. Tramp bu bojlarni avgust oyida, jami 64 ta davlatga nisbatan joriy qilgan edi. Yevropada bu eng yuqori boj stavkasi hisoblangan.





