add

SIBOS-2025: Octobank Frankfurtda raqamli yechimlarni taqdim etmoqda

29.09.2025 | 11:4026643

Bank forumda fintex sohasidagi eng yirik xalqaro ishtirokchilar qatorida eksponent sifatida ishtirok etmoqda. Reklama.

SIBOS-2025: Octobank Frankfurtda raqamli yechimlarni taqdim etmoqda
Octobank SWIFT tomonidan tashkil etilgan xalqaro bank tadbiri — SIBOS-2025 ko‘rgazma-konferensiyasida ishtirok etmoqda. Tadbir 29 sentyabrdan 2 oktyabrgacha Frankfurt-Mayn shahridagi (Germaniya) Messe Frankfurt ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi. Joriy yilda bank o‘z stendiga ega eksponent sifatida xalqaro miqyosda yangi qadam tashlamoqda va ilg‘or raqamli yechimlarni, jumladan, zamonaviy ekvayring texnologiyalari va korporativ to‘lovlarni samarali boshqarish vositalarini namoyish etmoqda. Tadbir doirasida NASDAQ, Misyon Bank, Arab African International Bank, Aktif Bank, Landesbank Baden-Württemberg, Mashreq Bank va boshqa yetakchi moliya tashkilotlari bilan samarali uchrashuvlar va ishbilarmonlik muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Octobank frankfurt1 «SIBOSʼda eksponent maqomida qatnashish — xalqaro ishtirokimizni rivojlantirishda muhim bosqich. Biz nafaqat texnologik yetuklikni, balki global bank hamjamiyatida yangi strategik sherikliklarga ochiqlikni ham namoyish etmoqdamiz", — dedi Octobank boshqaruvi raisi Iskandar Tursunov. Ma’lumot o‘rnida: SIBOS har yili dunyoning 200 dan ortiq yetakchi bank va moliya muassasalarini birlashtiradi hamda moliya sohasida muloqot o‘rnatish, tajriba almashish va innovatsiyalarni taqdim etish uchun muhim tadbir hisoblanadi. Reklama huquqi asosida.

Teglar

Mavzuga oid