add

Sifatsiz va qalbaki dori vositalarini noqonuniy savdoga chiqarilishining oldi olindi

18.06.2025 | 10:2037803

Toshkent shahrida noqonuniy ravishda saqlangan va savdoga chiqarilgan umumiy qiymati 4,5 mlrd so‘mdan ortiq dori vositalari aniqlandi. Ularning asosiy qismi davlat reyestrida qayd etilmagan, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan va hatto qalbaki ekani ma’lum qilindi.

Sifatsiz va qalbaki dori vositalarini noqonuniy savdoga chiqarilishining oldi olindi
Olmazor tumanida 1949 va 1979 yillarda tug‘ilgan ota-bola yashaydigan xonadon tekshiruvidan so‘ng, yerto‘ladan 1 mlrd so‘mlik 3615 quti dori vositasi topildi. Ushbu dori vositalari, jumladan «Trenaksa», «Sumamigren», «Femileks» kabi preparatlar ichki bozorga noqonuniy olib kirilib, vodiy viloyatlaridan arzon narxda xarid qilingan va poytaxtda mijozlarga sotilgan. «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» xulosasiga ko‘ra, dori vositalari muqarrar talablarga javob bermaydi — ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan, sifati kafolatlanmagan hamda maxsus saqlash qoidalariga amal qilinmagan. Bu esa ushbu vositalarni saqlash va sotishga butunlay taqiq qo‘yilishini anglatadi. Qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 186(3)-moddasi 3-qismi «a» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari davom etmoqda. Shuningdek, tezkor tadbir doirasida Toshkentdagi dorixonalardan birida 57407 dona noqonuniy dori vositalari, 835 dona bo‘sh qutilar va dori tayyorlash uskunasi aniqlandi. Umumiy qiymati 3,5 mlrd so‘mga teng deb baholangan ushbu vositalarning 160 turi reyestrda yo‘q, 274 turiga sertifikat rasmiylashtirilmagan, 50 turi esa yaroqsiz va 7 turi qalbaki ekani aniqlangan. Holat yuzasidan dorixona mas’ullari va boshqa shaxslarga nisbatan ham jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Teglar

Mavzuga oid