
Silk Avia mahalliy reyslar tariflarini yangiladi
2026 yil fevraldan O‘zbekiston bo‘ylab aviachiptalar narxi qimmatlashadi.

2026 yil 1-fevraldan boshlab Silk Avia aviakompaniyasining respublika ichki yo‘nalishlari bo‘yicha yangilangan tariflari kuchga kiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Eng arzon parvozlar qatoriga Toshkent–Zomin hamda Nukus–Mo‘ynoq yo‘nalishlari kiritilgan. Ushbu reyslarda chipta narxi 125 236 so‘mdan boshlanadi.
Xususan, Toshkentdan Samarqandga — 313 089 so‘m, Buxoroga — 344 399 so‘m, Andijonga — 328 745 so‘m, Urganchga esa 469 635 so‘mdan chipta xarid qilish mumkin. Navoiy, Qarshi, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon va Shahrisabz yo‘nalishlarida narxlar deyarli bir xil — 297 435 so‘mdan belgilangan.
Shuningdek, Toshkent–Termiz reysi 360 053 so‘m, Toshkent–Sariosiyo yo‘nalishi esa 422 671 so‘mdan taklif etilmoqda.
Barcha narxlar bir tomonga hisoblangan bo‘lib, qaytish chiptasi alohida rasmiylashtiriladi.
Aviakompaniya yo‘lovchilarga sayohat rejalarini oldindan belgilashni va yangi tariflarni inobatga olishni tavsiya qilmoqda. Aviachiptalarni silk-avia.com saytida, mamlakatning barcha aeroportlarida va Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, 2025 yilning 16-mayida Silk Avia O‘zbekiston bo‘ylab aviachiptalar narxini yangilagan edi. O‘shanda aviachiptalar:
— Toshkent – Samarqand: 291 000 so‘mdan;
— Toshkent – Namangan: 277 000 so‘mdan;
— Toshkent – Farg‘ona: 277 000 so‘mdan;
— Toshkent – Andijon: 306 000 so‘mdan;
— Toshkent – Buxoro: 320 000 so‘mdan;
— Toshkent – Termiz: 335 000 so‘mdan;
— Toshkent – Qarshi: 277 000 so‘mdan;
— Toshkent – Navoiy: 277 000 so‘mdan;
— Toshkent – Urganch: 437 000 so‘mdan;
— Toshkent – Sariosiyo: 393 000 so‘mdan;
— Urganch – Buxoro: 437 000 so‘mdan;
— Toshkent – Shahrisabz: 277 000 so‘mdan;
—Toshkent – Qo‘qon: 277 000 so‘mdan sotilgan.





