add

Sirdaryo tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i xodimlarini haqorat qildi

Bugun 18:251981

Sirdaryo tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Tohir Elmurodov qo‘l ostidagi xodimlarni qo‘pol gaplar bilan haqoratlagani aks videolar tarqaldi.

Sirdaryo tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i xodimlarini haqorat qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Tohir Elmurodov yig‘ilishda qo‘l ostidagi xodimlarni juda qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlagani aks etgan videolar tarqaldi. Videoda u qo‘lidan hamma narsa kelishini aytib, soliqchilarga tahdid qilgan.

«Nima, eski Sirdaryoni enasini…. qilib tashlaysizlarmi yana. Itning keyingi oyog‘i qilib. Shunaqangi i….n, n…y, qayerdan kelganini bilmay qoladi. N…..a s…ya indamaganimga, hammang! Ha, o‘ziga kelib qoldi, ishlayapti deb indamay qolganimga x….t qilib, hech qaysi biring. Hali mening yomon kunimni ko‘rganlaring yo‘q. Hozir yaxshi tomonimni ko‘rsatib turibman. O‘ynashingga ishonib, ersiz qolasan, n….y. Tumtaraqay qilib tashlayman. Qo‘limdan ham keladi, qurbim ham yetadi. Qaysi biring, x….t qilayotgan bo‘lsang. Bilmayman, qanday qilib bajarasan», degan videoda Tohir Elmurodov.

Shuningdek, tuman soliq boshlig‘i yil tugayotgani, qarzdorlik esa ko‘pligini aytib shunday degan: «Mana shu kun kechqurungacha bajarmagin, bitta-ikkitangni shunaqangi paypog‘ingni to‘g‘rilab qo‘yaman. Ishonib yurganingga ishonib yuraver. Ishonganing bilan i……n bitta-ikkitangni. Shuni qo‘shib qo‘yay».

Mazkur holat bo‘yicha Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. «Dastlabki o‘rganishlar davomida mazkur holat 2024 yilda sodir bo‘lganligi aniqlandi», deyiladi munosabatda.

Viloyat soliq boshqarmasiga ko‘ra, hozirda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. O‘rganish yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Sirdaryo tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i xodimlarini haqorat qildi | Vaqt.uz