add

Sirskiy NATOda Ukraina qurolli kuchlarining yangi urush taktikasini ochiqladi

Ukraina quroli kuchlari qo‘mondoni NATO minbarida urush olib borish yondashuvi tubdan o‘zgargani va bu o‘zgarish Rossiya hududiga zarbalarga ham taalluqli ekanini ta’kidladi.

Sirskiy NATOda Ukraina qurolli kuchlarining yangi urush taktikasini ochiqladi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy NATO Harbiy qo‘mitasi doirasida o‘tgan Strategik muloqotda Ukraina QK urush olib borish falsafasini o‘zgartirayotganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina armiyasi endi ommaviy o‘t ochish uzish va «maydonlar bo‘ylab» zarbalar berishdan voz kechib, aniq nishonlarni arzon vositalar orqali urish taktikasiga o‘tmoqda.

Sirskiyning Ukrainadagi urushni lokal to‘qnashuv emas, balki global xavfsizlik kelajagi hal bo‘layotgan maydon deb atadi.

«Ukrainadagi urush — Yevropa sharqidagi lokal mojaro emas. Bu yerda global xavfsizlikning kelajagi hal bo‘lmoqda. Bugungi kunda Pokrovsk, Kupyansk yoki Qora dengiz akvatoriyasida sodir bo‘layotgan voqealar ertangi kunda yevroatlantika armiyalarining yondashuvlari va xatti-harakatlarini belgilab beradi», — dedi Sirskiy.

Qo‘mondon NATO hamkorlarini zamonaviy urush tez sur’atlarda o‘zgarayotgan hodisa sifatida qabul qilishga chaqirdi.

Texnologiya va aniqlik

Sirskiyning ta’kidlashicha, Ukraina QKning asosiy ustunligii texnologiya va markazsizlashuvga tayanadi. Yangi yondashuvga ko‘ra, bir dronning o‘rtacha qiymati 500 dollar atrofida bo‘lsa, u yo‘q qilayotgan nishon qiymati millionlab dollarlarga teng bo‘lishi mumkin. Bu esa iqtisodiy va harbiy samaradorlikni keskin oshiradi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, radioelektron kurash (REK) sohasida ustunlik yoki kamida paritet bo‘lmasa, eng zamonaviy qurollar ham samarasiz temirga aylanadi. Shu sababli Ukraina armiyasi texnika uchun «REK gumbazi», piyodalar uchun esa okop REK tizimlarini joriy qilgan.

Yo‘qotishlar va chaqiriq

Sirskiyning ma’lum qilishicha, 2025 yil davomida aynan texnologik yechimlar hisobiga Ukraina QK umumiy yo‘qotishlarni 2024 yilga nisbatan 13 foizga qisqartirishga erishgan. U Rossiya G‘arb urushdan toliqib qolishi va Ukraina inson resurslari tugashiga umid qilayotganini ham qayd etdi.

Qo‘mondon NATO davlatlarini Ukrainani faqat «keragicha qo‘llab-quvvatlash» bilan cheklanmaslikka chaqirib, agressorni tez va qat’iy to‘xtatish uchun aniq harbiy-texnologik vositalar taqdim etish zarurligini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid