add

Siyosatdan to logistikagacha: Mirziyoyev turkiy hamkorlik istiqbollarini belgilab berdi

21.05.2025 | 18:0114813

Budapeshtda o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida Shavkat Mirziyoyev turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo, logistika, investitsiya va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq tashabbuslarni ilgari surdi.

Siyosatdan to logistikagacha: Mirziyoyev turkiy hamkorlik istiqbollarini belgilab berdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi. Sammit Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban raisligida o‘tdi. Unda Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya yetakchilari hamda TDT Bosh kotibi qatnashdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati. Prezidentimiz o‘z chiqishida jahondagi murakkab geosiyosiy vaziyat, mintaqaviy nizolar va iqlim o‘zgarishlari fonida turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. U xalqaro huquq va BMT Nizomiga asoslangan yagona yondashuvni shakllantirishni taklif etdi. Shavkat Mirziyoyev siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy va logistika sohalarida qator tashabbuslar bilan chiqdi. U TDT doirasida strategik sheriklik shartnomasi imzolanishini dolzarb deb hisobladi. Savdo aylanmasida o‘zaro ulushni oshirish uchun «Turk-treyd» platformasini yaratish va «yashil yo‘laklar» tizimini joriy etish taklif qilindi. Toshkentda multimodal transport va logistika forumi, shuningdek Turkiy davlatlar universiteti ochilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Prezident iqlim masalalari bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni tayyorlash hamda TURKSOY faoliyatini takomillashtirishni taklif etdi.  

Teglar

Mavzuga oid