
Sobiq SSSRning yana bir davlati Yevroittifoqqa qo‘shilish jarayonini boshladi
27.06.2025 | 09:0013163
4 iyul kuni Kishinyovdagi «YeI – Moldova» sammitida Yevropa Ittifoqi Moldova bilan a’zolik muzokaralarini rasman boshlaydi.

Ruminiya prezidenti Nikushor Dan Moldova Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish muzokaralarida ilk qadamni tashlayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 4 iyul kuni Kishinyovda bo‘lib o‘tadigan «YeI – Moldova» sammitida birinchi qadam bo‘yicha muzokaralar ochiladi, deb xabar beradi RBC.ua.
Yevrokomissiya tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda Yevropa Ittifoqi Moldova bilan yaqin aloqalarni rivojlantirmoqda. Muzokaralar «Fundamental qadriyatlar» bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Bu Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun eng asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Nikushor Dan ta’kidlashicha, YeIga qo‘shilish jarayonida jami 33 ta bo‘lim bo‘yicha muzokaralar olib boriladi. Kishinyovdagi sammitda birinchi bo‘lim bo‘yicha rasmiy muzokaralar boshlanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 26-27 iyun kunlari Bryusselda Yevropa Kengashi sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammitda Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish, urush harakatlarini to‘xtatishga chaqirish va avval e’lon qilingan 30,6 mlrd yevro mablag‘ ajratilishini tasdiqlash rejalashtirilgan.
Mazkur uchrashuvda Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yo‘lida qay darajada ilgarilagani ham muhokama qilinadi.





