Soliq auditlari orqali 9,9 trln so‘m yashirin mablag‘ aniqlandi
15.09.2025 | 19:2043413
2025 yilning yanvar–avgust oylarida davlat soliq xizmati yuqori xavfli deb topilgan 2 873 ta tadbirkorlik sub’ektida soliq auditini o‘tkazdi. Bu faoliyat yuritgan barcha 552,8 ming soliq to‘lovchining 0,5 foizini tashkil qiladi.

Tekshiruvlarda 8,8 trln so‘mlik soliq xavfi aniqlandi. Soliq auditi yakuniga ko‘ra esa 9,9 trln so‘m qo‘shimcha summa hisoblandi. Shuning 5,7 trln so‘midan to‘lov muddati kelgan, 2,5 trln so‘mi (43,1 foiz) byudjetga qaytarildi.
Sohalar kesimida eng katta ulush savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga to‘g‘ri keldi – 5,69 trln so‘m (57,6 foiz). Shuningdek, ishlab chiqarishda – 1,22 trln, qurilishda – 948,7 mlrd, xizmat ko‘rsatishda – 775,8 mlrd, qishloq xo‘jaligida – 516,4 mlrd, transportda – 411 mlrd hamda boshqa sohalarda – 322 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar qayd etildi.
Jami 1 407 ta soliq to‘lovchida 15,9 trln so‘mdan ortiq soliq bazasi yashirilgani aniqlandi. Xususan, 512 ta sub’ektda 4,8 trln so‘mlik tovarlar realizatsiyasi ko‘rsatilmagan, 434 tasida 5,4 trln so‘mlik tovarlar ombor yoki savdo nuqtalarida topilmagan. Yana 461 ta sub’ektda 5,6 trln so‘mlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangani yoki sotilgani ma’lum bo‘ldi.
Davlat soliq xizmati organlari qayd etganidek, auditorlik ishlari orqali to‘lov intizomi kuchaytirilib, yashirin aylanmalarning oldini olishga e’tibor qaratilmoqda.