add

Soliq huquqbuzarliklar bo‘yicha 63 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

16.08.2025 | 15:309553

Joriy yilning yetti oyida «Soliq hamkor» tizimi orqali kelib tushgan murojaatlarning qariyb 99 foizi haqiqiyligi tasdiqlandi.

Soliq huquqbuzarliklar bo‘yicha 63 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan
2025 yil yanvar–iyul oylarida «Soliq» mobil ilovasidagi «Soliq hamkor» tizimi orqali soliq qonunbuzarliklari yuzasidan 63 988 ta murojaat kelib tushgan. Eng ko‘p holat — 57 672 ta murojaat savdo jarayonida chek bermaslik bilan bog‘liq bo‘ldi. Shuningdek, 2 278 ta holatda to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik, 145 ta holatda esa kartadan foydalanishda xarid summasini asossiz oshirish qayd etilgan. Boshqa turdagi buzilishlar 3 893 ta holatni tashkil qildi. Biroq 31 423 ta murojaat takroriy bo‘lgani yoki shu tadbirkorlik sub’ektida tekshiruv o‘tkazilayotgani sababli ko‘rib chiqilmagan. Qolgan murojaatlar asosida 25 924 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazildi va ularning 98,9 foizida qonunbuzarliklar tasdiqlandi. Murojaatlarni yo‘llagan fuqarolarning o‘zlari ham moddiy rag‘batlantirildi. Jami 27 451 ta holat bo‘yicha fuqarolarga undirilgan jarimalarning 20 foizi miqdorida — 19,7 mlrd so‘m mukofot sifatida to‘landi. Bu ma’lumotlar soliq idoralari tomonidan jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish orqali shaffoflik va intizomni ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni ko‘rsatmoqda.

Teglar

Mavzuga oid