add

Soliq organlari KPI ko‘rsatkichi 67,7 ballga yetdi

07.08.2025 | 09:4539192

2025 yil iyul oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi orqali olib borilgan baholash natijalariga ko‘ra, respublikada soliq inspektorlarining umumiy KPI ko‘rsatkichi 67,7 ballni tashkil etdi.

Soliq organlari KPI ko‘rsatkichi 67,7 ballga yetdi
Yuqori samara ko‘rsatgan hududlar qatorida: Sirdaryo viloyati yetakchilik qildi — bu yerda KPI ko‘rsatkichi 76,1 foizga yetgan Namangan viloyati — 71,2 foiz Farg‘ona viloyati — 70,2 foiz bilan qayd etilgan. Mahallalarga biriktirilgan inspektorlar orasida 90 balldan yuqori natija qayd etgan 337 nafar xodim mukofotga tavsiya qilingan. Ulardan 126 nafari esa eng yuqori baholash — 100 ballni qo‘lga kiritgan. Bu natijalar faoliyat samaradorligi yuksalayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, 3 121 nafar inspektor 55–90 ball orasida, 926 nafari esa 55 balldan kam natija qayd etgan. Bu esa hali ham yaxshilanishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlar mavjudligini ko‘rsatadi. Ma’lumot uchun, “Mahallabay” tizimi doirasida respublika bo‘yicha 9 453 ta mahallaga 4 191 nafar soliq inspektori biriktirilgan va ular joylarda to‘g‘ridan to‘g‘ri faoliyat yuritmoqda.

Teglar

Mavzuga oid