add

Soliq qo‘mitasi asossiz ravishda tadbirkorlardan ortiqcha pul yechib olgan

13.08.2025 | 12:0016133

Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar hisoblaridan asossiz ravishda soliq qarzdorliklari uchun millionlab pul yechib olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Soliq qo‘mitasi bunga izoh berdi.

Soliq qo‘mitasi asossiz ravishda tadbirkorlardan ortiqcha pul yechib olgan
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, tadbirkorlar hisobidan millionlab so‘m soliq qarzdorligi sifatida yechib olingan. O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi elektron soliq xizmatlari portalida (my3.soliq.uz) yuz bergan texnik nosozlik sabab ayrim tadbirkorlar hisoblaridan asossiz ravishda mablag‘ yechilganini aytgan. Qo‘mita ma’lum qilishicha, nosozlik natijasida solishtirma dalolatnoma bo‘yicha qarzdorlik paydo bo‘lishi, mablag‘ yechilgani yoki boshqa xatolar vaqtincha ma’lumot sifatida aks etishi mumkin. Rasmiy bayonotga ko‘ra, vaziyat nazoratga olingan va mutaxassislar nosozlikni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda. Tizim to‘liq tiklangach, barcha ma’lumotlar yangilanadi va noto‘g‘ri yechilgan mablag‘lar egalariga qaytariladi. Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni holat yuzasidan xavotirga tushmaslikka chaqirib, texnik ishlarni tez orada yakunlashga va’da berdi. Ma’lumot uchun, elektron soliq xizmatlari portali orqali tadbirkorlar soliq hisobotini taqdim etish, qarzdorlikni tekshirish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega. Shu bois, tizimdagi har qanday nosozlik ko‘p sonli foydalanuvchilar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid