
Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilardan yechib olgan qariyb 400 mlrd so‘mni qachon qaytaradi?
13.08.2025 | 20:0015172
Bugun tizimdagi tuxnik nosozlik sabab 30,1 mingta soliq to‘lovchining hisobidan asossiz ravishda jami 399,3 mlrd so‘m mablag‘lar asossiz yechib olingan.

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida yuz bergan texnik nosozlik sababli 30,1 mingta soliq to‘lovchining hisobidan asossiz ravishda jami 399,3 mlrd so‘m mablag‘lar asossiz yechib olingan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Xususan:
-7 ming 203 nafar soliq to‘lovchidan – 100 ming so‘mgacha;
- 10 ming 165 nafaridan – 100 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha;
- 8 ming 270 nafaridan – 1 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha;
- 3 ming 780 nafaridan – 10 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha;
- 672 nafaridan – 100 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha;
- 10 nafaridan – 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar yechib olingan.
Qayd etilishicha, mablag‘larni bugungi kun oxirigacha soliq to‘lovchilarning hisob raqamlariga qaytarish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, tijorat banklarida hali ijro qilinmagan inkasso topshiriqlari ham qaytarib olinishi ta’minlangan.
Bugun soat 18:00 holatiga 20 ming 608 ta sub’ektga 274,7 mlrd so‘m qaytarilishi ta’minlangan.





