add

So‘nggi 10 yilda O‘zbekiston oliygohlarida talabalar soni keskin oshgan

09.08.2025 | 13:306573

Umumiy talabalar soni 2,7 barobarga, xorijlik talabalar soni esa qariyb 18 barobarga ko‘paygan.

So‘nggi 10 yilda O‘zbekiston oliygohlarida talabalar soni keskin oshgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 707,3 ming nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2015/2016 o‘quv yilidagi 263,9 ming nafarga nisbatan 443,4 ming nafarga ko‘p bo‘lib, 2,7 barobar o‘sishni anglatadi. Yillar kesimida talabalar soni barqaror o‘sib borgan. 2016/2017 o‘quv yilida 267,9 ming, 2018/2019 yilda 313 ming, 2020/2021 yilda esa 441,8 ming nafar bo‘lgan. 2023/2024 o‘quv yilida bu raqam 661,8 mingga yetgan bo‘lsa, joriy o‘quv yilida 707,3 ming nafarga chiqdi. Xorijlik talabalar soni ham so‘nggi o‘n yilda keskin oshdi. 2015/2016 o‘quv yilida 0,7 ming nafar bo‘lgan bu ko‘rsatkich 2024/2025 o‘quv yili boshiga 12,5 ming nafarga yetdi. Bu qariyb 18 barobar o‘sish demakdir. Yillar davomida xorijlik talabalar soni 2018/2019 yilda 2,7 ming, 2020/2021 yilda 4,2 ming, 2023/2024 yilda esa 10,8 ming nafarga yetgan. Joriy o‘quv yilida eng ko‘p xorijlik talabalar Hindiston fuqarolari hisoblanadi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, talabalar sonining ortishi oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, qabul imkoniyatlarining kengayishi va xalqaro hamkorlik rivoji bilan bog‘liq.

Teglar

Mavzuga oid