add

So‘nggi 8 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga 230 mlrd dollar investitsiya kiritildi

22.10.2025 | 19:222322

O‘zbekistonda «soyadagi biznes»ni qonuniylashtirish natijasida 139 mingta korxonada ish o‘rinlari 811 mingtaga ko‘paydi, xususiy sektorda bandlar soni 3 mln nafarga yetdi.

So‘nggi 8 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga 230 mlrd dollar investitsiya kiritildi

Toshkent shahrida 21 oktyabr kuni «Business Port» tadbirkorlar hamjamiyatining ilk forumi bo‘lib o‘tdi. Unda turli hududlardan 250 dan ortiq ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxona rahbarlari qatnashdi. Tadbirda biznes sohasidagi muammolar, tajriba almashish, hamkorlik imkoniyatlari va iqtisodiy islohotlarning amaliy natijalari muhokama qilindi.

«Business Port» qanday loyiha?

Loyiha — bu kichik, o‘rta va yirik biznes vakillarini, ularning aylanmasi, faoliyat ko‘lami yoki yo‘nalishidan qat’i nazar, yaqinlashtiradigan, ularga bir-biridan o‘rganish, ilhomlanish va birgalikda o‘sish imkoniyatini beruvchi ochiq hamjamiyatdir.

Qanday natijalarga erishildi?

Hozirda loyiha ishtirokchilari bo‘lgan 250 dan ortiq korxona tomonidan 267 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Ularining umumiy tovar aylanmasi 192 trln so‘mni, eksport hajmi esa 1,7 mlrd dollarni tashkil etadi.

So‘nggi sakkiz yil ichida mamlakat iqtisodiyotiga 230 mlrd dollar investitsiya kiritilgan bo‘lib, shundan 120 milliard dollari xorijiy sarmoyadir. Shu davrda 1 600 ta mikrokorxona o‘rta biznesga aylangan, 143 ta korxona esa 100 mlrd so‘mdan ortiq aylanmaga yetib, yirik biznes toifasiga kirgan.

Shuningdek, 2024 yilda aylanmasi 1 trln so‘mdan oshgan 203 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lsa, joriy yilda ular safiga yana 47 ta korxona qo‘shilgan. «Soyadagi biznes»ni legallashtirish bo‘yicha harakatlar natijasida 139 mingta korxonada ish o‘rinlari 811 mingtaga ko‘paygan va xususiy sektorda bandlar soni 3 million kishiga yetgan.

Tadbir yakunida 49 nafar tadbirkor davlat mukofotlari, 112 nafari esa «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Teglar

Mavzuga oid