add

So‘zlarda yashiringan go‘zallik

21.10.2025 | 16:301 daqiqa

Asia Alliance Bank o‘zbek tili bayramida yana bir xayrli ishga qo‘l urdi

So‘zlarda yashiringan go‘zallik

Har bir so‘z o‘zida xalq mehrini, ma’nosini va tarixini mujassam etadi. Davlat tili kunida biz hamyurtlarimiz bilan birga o‘zbek tilining qanchalik ulug‘ va boy ekanini yana bir bor esladik.

Odamlar tanlagan so‘zlar — tilimizning naqadar nafisligini yana bir bor eslatdi.

Bugun bank xodimlari uchun 21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “O‘zbek tili – millat iftixori va davlat mustaqilligining ruhiy poydevori” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda “Alliance Academy” boshqarmasi boshlig‘i hamda Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi Xodimlar malakasini oshirish va zaxira bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i so‘zga chiqishdi. Ular o‘z chiqishlarida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va ahamiyatiga to‘xtalib, uni yuksaltirish, qadrlash hamda boy so‘z boyligini asrash borasida fikr bildirishdi.

Seminar davomida xodimlarga tilni chuqur his etish, nutq madaniyatini rivojlantirish va tafakkurni boyitishning ahamiyati haqida ma’naviy tavsiyalar berildi.

21-oktabr - O‘zbek tili bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

Asia Alliance Bank — o‘zbek tilining an’analarini qadrlaydigan bank.

Reklama

Teglar

Mavzuga oid