add

Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etildi

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, strategik hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish bo‘yicha yangi tizim joriy qilindi.

Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etildi

30 oktyabrda «Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–201-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabrdan strategik ahamiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholashni o‘z ichiga olgan strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etildi.

Strategik rejalashtirish iyerarxiyasi 1-darajali hujjatlar konsepsiyalar shaklida, 2-darajali hujjatlar strategiyalar shaklida etib belgilanadi. 3-darajali hujjatlar dasturlar («yo‘l xaritalari», chora-tadbirlar rejalari) shaklida qabul qilinadi.

Bunda 1-darajali hujjatlar 7 yildan ortiq muddatga ishlab chiqiladi va qoida tariqasida qonunlar bilan tasdiqlanadi. 2-darajali hujjatlar 4 yildan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga ishlab chiqiladi va Prezident hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Shuningdek, 3-darajali hujjatlar 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga ishlab chiqiladi va Prezident hujjatlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan qabul qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid