add

Sulaymon Karimovning musodara qilingan 300 mln dollarlik superyaxtasi AQSHda kimoshdiga qo‘yiladi

11.06.2025 | 20:1743333

AQSH sudi sanksiya ostidagi rossiyalik milliarder Suleyman Kerimovdan musodara qilingan 106 metrli lyuks yaxtani auksionda sotishga ruxsat berdi. Qimmatbaho Amadea superyaxtasida 24 karatli oltindan yasalgan royal va Faberje tuxumiga o‘xshash artefakt aniqlangan.

Sulaymon Karimovning musodara qilingan 300 mln dollarlik superyaxtasi AQSHda kimoshdiga qo‘yiladi

Sud qaroriga ko‘ra yaxta rasman Fijida 2022 yilda AQSH so‘roviga binoan musodara qilingan. Keyinchalik u San Diyegoga yetkazilgan. Kerimov uning mulkdori ekanini rad etgan bo‘lsa-da, AQSH Adliya vazirligi ekipaj guvohliklari va bort jurnallariga tayanadi. Tergovga ko‘ra, Kerimovning oila a’zolari talabiga binoan yaxta interyeri qayta ishlangan, pitsa pechi, spa-karavotlar va hatto shaxsiy Nike krossovkalariga alohida joy ajratilgan.

Yaxtada vertolyot maydoni, basseyn, sport zali, spa, konferensiya xonasi va omarlar uchun akvarium ham mavjud. Uning markaziy jihozi – Pleyel royali bo‘lib, u to‘liq qo‘lda ishlangan va barcha qismlari oltindan tayyorlangan. Yaxta haqiqiy saroydek jihozlangan.

«Rosneft»ning sobiq rahbari Eduard Xudaynatov uning haqiqiy egasi sifatida chiqishga uringan va yaxtani 230 mln dollardan kam bahoda sotmaslikni talab qilgan. Ammo AQSH sudyasi uning da’vosini rad etdi. U Xudaynatovni faqat nomiga ega deb baholadi va yaxtani saqlashga har oyda 850 ming dollar sarflanayotganini qayd etdi.

Amadea sotilishi AQSHning Rossiya oligarxlariga qarshi moliyaviy kurashidagi ilk katta muvaffaqiyati sifatida baholanmoqda. Hozircha eng katta musodaralardan biri 5,4 mln dollarlik aktivlar bilan bog‘liq bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid