add

«Super kontrakt» narxini endi rektorlar belgilaydi

23.09.2025 | 13:3015474

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida super kontrakt miqdorini belgilash vakolati rektorlar ixtiyoriga o‘tkazildi. Shuningdek, oliy ta’limda bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt asosida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari belgilandi.

«Super kontrakt» narxini endi rektorlar belgilaydi
Oliy ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plab, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar qo‘shimcha qabul jarayonida super kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin. Ular uchun to‘lov miqdorini muassasa rahbariyati mustaqil belgilaydi. Yangi tartibga ko‘ra, qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 13 sentyabrdagi qarorida nazarda tutilgan tartib asosida belgilanadi. Agar qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan bo‘lsa, super kontrakt miqdori rektorlar tomonidan aniqlanadi va u bazaviy kontraktning kamida uch barobari etib belgilanishi shart. Barcha OTMlar 25 sentyabrga qadar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va shakllari kesimida super kontraktning minimal miqdorini tasdiqlab, o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi. Talabgorlar yillik to‘lovning 50 foizini 31 oktyabrga qadar to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ikkinchi yoki beshinchi yo‘nalish bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar o‘z xohishiga ko‘ra birinchi tanlagan yo‘nalishda ham super kontrakt asosida o‘qishi mumkin. Maqsadli qabul orqali o‘qishga kirganlar uchun bu imkoniyat tatbiq etilmaydi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida bir talabani bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning yillik qiymatlari aniqlab qo‘yildi.  1 2 1-kursga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan abituriyentlar belgilangan miqdorning kamida 25 foizini 30 oktyabrgacha to‘lashlvri mumkin. Kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun to‘lov bazaviy kontraktning 2 barobari etib belgilanadi. Avval xabar qilinganidek, 25 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar bo‘sh o‘rinlar uchun qo‘shimcha qabul o‘tkaziladi. Unda 56,7 balldan yuqori natija ko‘rsatgan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid