add

Surxondaryoda 100 ming dollarga morxo‘r ovlagan rossiyalik ovchi haqida rasmiy izoh berildi

31.07.2025 | 22:4028333

Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik ovchi Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan morxo‘rlarni otgani haqidagi xabar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ekologiya vazirligi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Surxondaryoda 100 ming dollarga morxo‘r ovlagan rossiyalik ovchi haqida rasmiy izoh berildi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu ov 2024 yilda belgilangan qonuniy tartib asosida amalga oshirilganini bildirdi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ovchi to‘lov asosida maxsus ruxsatnoma olgan va 100 000 AQSH dollari miqdorida mablag‘ to‘lagan. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlar soni Fanlar akademiyasi mutaxassislari tomonidan doimiy hisoblab boriladi va ularning xulosasiga asosan populyatsiyaga ta’sir qilmaydigan miqdorda ovlash uchun ruxsat beriladi. Buning uchun belgilangan tartibda to‘lov undiriladi. Ta’kidlanishicha, «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, har yili yovvoyi hayvonlarni tutish uchun kvota belgilanadi. Bunda yovvoyi hayvonlarning eng yoshi kattasi, nasl qoldirish davridan o‘tgan erkagini ovlashga ruxsat beriladi va jarayon qat’iy nazorat ostida amalga oshiriladi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, bunday ovlash amaliyoti boshqa davlatlarda ham joriy qilingan. Masalan, Namibiyada shunday ovlardan yiliga 3 million dollardan ortiq daromad olinadi. Shuningdek, Tojikiston va Mo‘g‘ulistonda ham ma’lum sondagi yirik hayvonlar ovlash uchun ruxsatnomalar beriladi.

Teglar

Mavzuga oid