Surxondaryoda hokim o‘rinbosari va Namanganda hokim yordamchi pora bilan qo‘lga olindi

20.02.2026 | 17:191 daqiqa

Namanganda hokim yordamchisi o‘zining qarindoshiga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish maqsadida ajratib berilgan 43 sotix yer maydonining 20 sotix qismini tanishlari orqali boshqa fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 23 ming AQSH dollari talab qilgan.

Surxondaryoda hokim o‘rinbosari va Namanganda hokim yordamchi pora bilan qo‘lga olindi © Видеодан кадр

Surxondaryoda hokim o‘rinbosari va Namanganda hokim yordamchisining noqonuniy harakatlari fosh etildi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Surxondaryo viloyatidagi holatda Jarqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, hokimlik zaxirasida bo‘lgan 9 gektar yer maydonini Sherobod tumanida yashovchi fuqaroga poliz ekinlari ekish uchun 4 oy muddatga ijaraga berish evaziga 90 mln so‘m talab qiladi va 2026 yilning yilning yanvar oyida 30 mln so‘m oladi.

U qolgan 60 mln so‘mni Termiz shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Hozirda holat yuzasidan ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyatidagi holatda esa Chust tuman hokimining mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi 2022 yilda «Sadacha» kichik sanoat zonasi hududidan o‘zining qarindoshiga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish maqsadida ajratib berilgan 43 sotix yer maydonining 20 sotix qismini hokimiyatdagi tanishlari orqali 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 23 ming AQSH dollari talab qiladi.

Hokim yordamchisi oldindan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga tushadi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid