add

Surxondaryoda yirik hajmdagi nasos yorilib ketdi

01.07.2025 | 21:0046772

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yirik hajmli nasos quvuri yorilib ketgani hamda undan juda ko‘p miqdorda suv otilib chiqqani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi munosabat bildirdi.

Surxondaryoda yirik hajmdagi nasos yorilib ketdi
Qayd etilishicha, 30 iyun kuni soat 12:50 lar atrofida Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Bobotog‘” nasos stansiyasining 1-kollektori 7-uchastkasida diametri D-2850 millimetr bo‘lgan quvurda yorilish holati yuzaga kelgan. Oqibatda yuqori bosimli suv otilishi kuzatilgan. Avariya yuzasidan zudlik bilan dastlabki choralar ko‘rilgan. 1-kollektordagi 3 ta nasos agregati faoliyati favqulodda to‘xtatilgan. Shundan so‘ng maxsus tezkor brigada hodisa joyiga yetkazilib, ta’mirlash ishlari olib borilgan. Soat 21:00 da ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangan va 21:20 da nasos agregatlari qayta ishga tushirilgan. «Yuzaga kelgan holat oqibatida yaqin atrofdagi aholi xonadonlari hamda nasos stansiyasi inshootlariga hech qanday ziyon yetmagan. Hozirgi vaqtda nasos agregatlari odatdagi ish tartibida faoliyat yuritmoqda», - deyiladi hokimlik xabarida.

Teglar

Mavzuga oid