add

«Syea Breeze Uzbekistan» loyihasi: o‘zbek bloger va ekspertlari nimadan norozi? 

07.07.2025 | 17:3080912

Ijtimoiy tarmoqlarda #Savechorvoq heshtegi ostida o‘zbek bloger va inflyuyenserlarining litsenziyalari suv omborida qurilishi rejalashtirilgan «Syea Breeze Uzbekistan» loyihasiga doir chiqishlari davom etmoqda.  

«Syea Breeze Uzbekistan» loyihasi: o‘zbek bloger va ekspertlari nimadan norozi? 
Eko-bloger O‘rikguli (Mo‘’tabar Xushvaqtova) o‘zining Instagram sahifasida loyiha yuzasidan Ozarboyjonda o‘tkazilayotgan press turga taklif qilingani va O‘zbekistonda qurilayotgan ob’ekt muhokamasi uchun Ozarboyjonga borishni istamasligini ma’lum qildi. VAQT.UZ nashri yaqinda ozarbayjonlik tadbirkor Emin Agalarovning Chorvoq suv ombori qirg‘og‘ida «Syea Breeze Uzbekistan»  nomli ulkan sayyohlik majmuasini barpo etilishi rja qilingani haqida xabar bergan edi. «Syea Breeze Uzbekistan» loyihasi Chorvoq suv ombori bo‘yida qurilishi reja qilingan. Dam olish maskani taxminan 500–700 gektar maydonga quriladi. Loyiha O‘zbekiston rahbariga taqdim etilganidan so‘ng, ekobloger va faollar bu kurort zonasining qurilishi ekologiyaga jiddiy zarar yetkazishini aytib chiqishmoqda. Loyihani 2024 yil dekabrida Emin Agalarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga taqdim etgan, 2025 yil aprelida asosiy loyiha rejasi rasman muhokama qilingan. Agalarovga ko‘ra, «Syea Breeze Uzbekistan»  Bo‘stonliq tumanida birinchi bosqichda 100 gektar maydonda boshlanadi, barcha bosqichlar yakunlanganda taxminan 5 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi. Loyihada dam olish zonalari, plyajlar, mehmonxonalar, villa va kvartira komplekslari, sport maydonchalari, ko‘priklar, suzish havzalari, bog‘lar, kafelar, maktab va bolalar bog‘chalari, shifoxona va mehmonxona xizmatlari bo‘lishi rejalashtirilgan. Umumiy ko‘rinishda, bu nafaqat turizm, balki yil bo‘yi yashash va ishlash uchun sharoit bo‘ladi. Eko-bloger O‘rikguli o‘zining Instagram’dagi sahifasida ekspertlar va influenserlarning «Syea Breeze Uzbekistan»  loyihasi Chorvoqning suv balansiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi fikrlari jamlangan. Barqaror qurilish bo‘yicha mutaxassis Temur Ahmedov bu xususda shunday deydi:
«Toshkentda 3,5 milliondan ziyod aholi istiqomat qiladi. Buning ustiga Yangi Toshkent ham qurilyapti. Shuncha suv qayerdan olinadi? Agar Chorvoqning muvozanati buzilsa, biz jiddiy muammoga duch kelamiz».
Tabiiy fanlar doktori Yulduzxon Abdullayevaga ko‘ra, bu kurort-zonaning qurilishi nafaqat suv ifloslanishi, balki suv muvozanatining buzilishi va boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytgan. Qolaversa, u loyihaning atrof-muhitga zararini baholash zarurligini ham ta’kidlagan.
«Birinchidan, biologik xilma-xillik zarar ko‘radi. Chorvoq suv ombori va uning atrofida noyob o‘simlik va hayvon turlari mavjud. Loyiha ishga tushsa, hududga ko‘p qurilish materiallari keltirilishi kerak bo‘ladi. Bizda suv yo‘llari yo‘qligi sababli, transport vositalari quruqlik yo‘llaridan foydalanadi, bu esa havo ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Hovuz va favvoralarga Chorvoqdan suv olish kerak bo‘ladi, bu esa uning gidrologik muvozanatini buzilishiga olib keladi. Loyihaning atrof-muhitga ta’sirini baholash zarur. Natijalar jamoatchilikka e’lon qilinishi shart.Agar baholash natijasi salbiy bo‘lsa, loyihani bekor qilish kerak. Shu bois jamoatchilik ishtiroki juda muhim»,degan Abdullayeva.
Shaharsoz Iskandar Soliyev Emin Agalarovning va’dalariga shubha bildirmoqda.
«Bunday ulkan loyihani suv ombori atrofida qurish xato, deb o‘ylayman. Hatto Agalarov ham o‘z videolarida avval suv tozalash qurilmalarini o‘rnatamiz, keyin qurilishni boshlaymiz, degan. Ammo bunday va’dalar ko‘pincha bajarilmasligini bilamiz. Asosiy xavotir mana shunda», — degan shaharsoz Iskandar Soliyev.
O‘rikguli Chorvoqda xatolik yuz bersa yoki suv ifloslansa, Toshkent yagona ichimlik suvi manbaidan mahrum bo‘lishidan, shuning uchun puxta ekologik tekshiruv va shaffoflik g‘oyat muhimligini ta’kidladi. Gidrometeorologiya bo‘yicha tadqiqotchi Alisher Xudoyberdiyev motorli qayiqlar suvni ifloslantirishi, ichimlik suvi sifatiga va qishloq xo‘jaligi yerlariga zarar yetkazishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bloger Samandar Nizomov VIP zona g‘oyasiga shubha bildirdi.
«Nima uchun boylar kirib, kambag‘allar uzoqdan tomosha qilishi kerak?» Chorvoq dengiz yoki okean emas-ku?! Men iflos aralashgan suvni ichishni istamayman, degan Nizomov. 
Bloger Islom Kaparzo esa bunga quyidagicha tanqid bilan chiqdi:
«Bu loyiha odamlar hayoti va Bo‘stonliq ekologiyasiga zarar yetkazishi mumkin... Suv ombori biz uchun yagona ichimlik manbai — bunga barham berish mumkin emas».
The Times of Central Asia nashri O‘rikgulidan Ekologiya vazirligi yoki boshqa mansabdor shaxslar ushbu xavotirlarni o‘rganishga munosabat bildirgan-bildirmaganini so‘radi. Hozircha Ekologiya vazirligi yoki boshqa tashkilotlar dam olish zonasini Chorvoq suv ombori bo’yida qurilishiga munosabaat bergani yo’q. Sobiq deputat, Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherboyev esa bu masalani vazirga yetkazishi va fuqaro sifatida bu qurilishga norozi ekanini bildirgan.
«Men Chorvoq suv ombori yaqinida har qanday qurilishga qarshiman. Nafaqat «Sea Breeze», balki mehmonxonalar yoki dam olish maskanlari, hatto qayiq sayrlariga ham – barchasiga butunlay qarshiman. Chorvoqni qanchalik ko‘p himoya qilsak, shunchalik rivojlanamiz. Agar uni ifloslasak, kelajak avlodni bu joyni tark etishga majbur qilamiz. Hozirda Ekologiya vazirligi bu masalani ko‘rib chiqmoqda. Bizda hali to‘liq hujjatlar yo‘q. Vazirlik o‘tgan yildan beri suv omboridagi motorli qayiqlarga ochiqchasiga qarshi chiqib kelmoqda. Bizning munosabatimiz ham shu pozitsiyani aks ettiradi»,dedi Kusherbayev.
The Times of Central Asia nashri Agalarov Development kompaniyasidan «Sea Breeze Uzbekistan» loyihasining ekologik jihati haqida batafsil ma’lumot so‘rab, elektron xat yuborgan. Xatda quyidagi savollar berilgan: «Loyihani taklif qilishdan oldin ekologik baholash o‘tkazdingizmi yoki mahalliy ekologiya mutaxassislari bilan maslahatlashdingizmi?» «Ekologik faollar va blogerlarning xavf-xatarlar va jamoatchilik muhokamasining yo‘qligi haqidagi xavotirlariga qanday munosabat bildirasiz?» Hozircha Agalarov Development kompaniyasi nashr so‘roviga javob bermagan. Holat yuzasidan Ekologiya vazirligidan ham rasmiy munosabat kutilmoqda. Mehrinoza Farmonova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid

«Syea Breeze Uzbekistan» loyihasi: o‘zbek bloger va ekspertlari nimadan norozi?  | Vaqt.uz