add

Tadbirkorlarga markirovka xarajatlari uchun soliq imtiyozlari berildi

19.05.2025 | 15:1722412

Markirovka uskunalari xarajatlariga ikki yillik soliq imtiyozlari joriy etildi. Bu haqda 16 may kuni prezident tomonidan imzolangan yangi qonunda qayd etilgan.

Tadbirkorlarga markirovka xarajatlari uchun soliq imtiyozlari berildi
Qonunga muvofiq, 2027 yilgacha markirovkani o‘qish qurilmalari uchun qilingan xarajatlar bo‘yicha foyda solig‘i, aylanmadan soliq va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jami daromad solig‘i (JSHODS) summasi kamaytiriladi. Imtiyoz chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga taalluqli bo‘lib, bir dona uskuna uchun eng ko‘pi bilan to‘rt baravar bazaviy hisoblash miqdori (taxminan 1,5 million so‘m) miqdorida amal qiladi. Avvalroq, xuddi shu qonun bilan parrandachilik va bolalar oromgohlari qo‘llab-quvvatlanishi, pivo va tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qiluvchi tadbirkorlar uchun maxsus yig‘im joriy etilishi xabar qilingan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Tadbirkorlarga markirovka xarajatlari uchun soliq imtiyozlari berildi | Vaqt.uz