add

Taksi agregatorlari o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar uchun soliq to‘laydi

02.07.2025 | 17:3023893

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliq to‘lash tizimi yangicha tartibda amalga oshiriladi. Bundan ularning soliq majburiyatlari agregator kompaniyalar tomonidan qoplanadi.

Taksi agregatorlari o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar uchun soliq to‘laydi
Ayni paytda mamlakatda 776,7 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashish va buyurtma asosida tovar yetkazib berish xizmatini amalga oshirmoqda. Ularga 208 ta onlayn taksi agregatorlari orqali xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu agregatorlar soliq organlari axborot tizimlari bilan to‘liq integratsiya qilingan. Ular orqali 430 mingdan ortiq haydovchi taksi xizmatini ko‘rsatmoqda. Joriy yilda ushbu agregatorlar davlat byudjetiga 89,6 mlrd so‘m soliq to‘ladi. 2025 yil 2 iyuldan boshlab, o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilarning yillik daromadi 100 mln so‘mdan oshganda, ularning soliqlari agregatorlar tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 2 aprelda qabul qilingan VMQ-200 qaroriga asosan belgilangan. (https://t.me/soliqnews/15738) Ma’lumotlarga ko‘ra, shu paytgacha 189 nafar haydovchi yillik daromadi 100 mln so‘mdan oshgan. Yangi tartib orqali haydovchilar soliq hisoblash va to‘lashdagi ortiqcha rasmiyatchilikdan qutulish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yandeks O‘zbekiston platformasi bu tizimni avtomatlashtirgan birinchi kompaniya bo‘ldi. Kompaniya o‘z haydovchilari va kurerlari uchun soliq to‘lash jarayonini elektron tarzda yo‘lga qo‘ygan.

Teglar

Mavzuga oid