add

Taksi xizmati bozori 7 oyda 5 trln so‘mdan oshdi

07.08.2025 | 13:3039813

O‘zbekistonda agregatorlar orqali amalga oshirilayotgan taksi xizmatlari bozori 2025 yilning dastlabki 7 oyida 5 trln so‘mlik aylanmaga erishdi. Bu xizmatning rasmiylashishi va raqamlashuvi yanada kengayayotganini ko‘rsatadi.

Taksi xizmati bozori 7 oyda 5 trln so‘mdan oshdi
Soliq organlari ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda 215 ta taksi agregatori axborot tizimlariga integratsiya qilingan bo‘lib, o‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 155 tani tashkil etgan. Ushbu davr mobaynida jami 262,2 million marta yo‘lovchi tashish xizmati amalga oshirilgan. Umumiy aylanmaning 3,6 trln so‘mi (72,2 foizi) naqd to‘lovlar, 1,4 trln so‘mi (27,8 foizi) esa naqdsiz to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ortacha bita chek 19 077 so‘mni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan o‘sishni ko‘rsatadi (2024 yilda – 18 456 so‘m). 457,3 mingga yaqin o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar agregatorlar orqali faoliyat yuritmoqda. Ulardan 56,3 foizi 30−50 yoshda, 36,3 foizi 30 yoshgacha, 7,3 foizi 50 yoshdan yuqori. Ayol haydovchilar soni 3 480 nafarni tashkil etgan. Daromad ko‘rsatkichiga qaralganda, 1,8 ming haydovchi 100 mln so‘mdan ortiq ish topgan. Yana 19,1 ming haydovchi 50−100 mln so‘m, 113,7 ming haydovchi 10−50 mln so‘m, 59,4 ming nafari 5−10 mln so‘m, 122,8 ming nafari 1−5 mln so‘m va 140,2 ming nafari 1 mln so‘mdan kam daromad olgan. Eng ko‘p foydalanilayotgan avtomobil markalari — Cobalt (23,5 foiz), Nexia (21,5 foiz) va Lacetti (16,9 foiz). Elektromobillar hali ham bozorda nisbatan kam ulushga ega — 1,8 foiz. Mashinalarning 42,5 foizi 3−5 yillik, 27,7 foizi esa 10 yildan eski. Agregatorlar 7 oyda 98,8 mlrd so‘m soliq to‘lagan, shundan 55,4 mlrd so‘mi QQSga to‘g‘ri keladi.  

Teglar

Mavzuga oid