add

Talab yo‘q: Rossiyada portlarda 50 mln tonna ko‘mir ortgan kemalar to‘planib qoldi

03.07.2025 | 19:4032763

Yevropa bozori yo‘qotilganidan keyin Rossiya ko‘mir sanoatidagi inqiroz fonida portlarda 50 mln tonnadan ziyod sotilmagan ko‘mir yig‘ilib qoldi. Bu umumiy 2024 yilgi eksportning chorak qismini tashkil qiladi.

Talab yo‘q: Rossiyada portlarda 50 mln tonna ko‘mir ortgan kemalar to‘planib qoldi
«Ingosstrax» banki tahlil bo‘limi direktori Vasiliy Kutinning «Kommersant»ga bildirishicha, bu ko‘mirlar portlardagi ombor maydonlarida to‘planib, yuborilmayapti. Portlardagi yuqori ortiqcha yuklarni stividor kompaniyalari (portlarda yuk ortirish va tushirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar) ham tasdiqladi: «Deyarli barcha port omborlari to‘lib ketgan — bozor tushunarsiz, talab yo‘q, jo‘natmalar amalga oshmayapti». NKR reyting agentligi boshqaruvchi direktori Dmitriy Orexov port omborlaridagi ortiqcha yuklanganlik darajasini 15–20 foiz atrofida baholadi. «Rikom-Trast» kompaniyasi tahlil bo‘limi rahbari Oleg Abelevning so‘zlariga ko‘ra, asosiy portlarda ko‘mir zaxiralari o‘rtacha oylik ko‘rsatkichdan 20–25 foizga yuqori. Taman portidagi OTEKO kompaniyasi mutasaddilarining aytishicha, bu holat ichki va tashqi logistika zanjirlari buzilgan yirik ishlab chiqaruvchilar va treyderlar bilan bog‘liq. Orexovning fikricha, eksportdagi so‘nib borayotgan talab va logistik muammolar bartaraf etilmaguncha, muammo yil oxirigacha davom etadi. NEFT Research tahlilchilari aytishicha, portlardagi omborlarni bo‘shatish va eksportni oshirish uchun jahon narxlarining oshishi zarur. Ayni damda portlarda ko‘mirni ortish narxi yillik hisobda 23,3–48,6 foizga tushib, har tonnasi 9,2–13 dollar atrofida shakllanmoqda. May oyi bilan solishtirilganda bu 7,3–18,8 foiz past ko‘rsatkich. Ma’lumotlarga ko‘ra, may oyida Rossiyadan eksportga yuborilgan energetik ko‘mir hajmi ba’zi yo‘nalishlarda 50 foizdan ortiqqa kamaygan. Yanvardan buyon dengiz orqali ko‘mir eksport hajmi eng tez kamaygan davr sifatida qayd etilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Talab yo‘q: Rossiyada portlarda 50 mln tonna ko‘mir ortgan kemalar to‘planib qoldi | Vaqt.uz