add

Ta’lim xizmatlari narxi 11,1 trln so‘mga yetdi

28.05.2025 | 18:0030422

O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-aprel oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 11,1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi 3,8 foiz ulushga teng.

Ta’lim xizmatlari narxi 11,1 trln so‘mga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki to‘rt oyi davomida ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 11,1 trln so‘mga yetdi. Bu mamlakatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,8 foizini tashkil qildi. 2024 yilning shu davriga nisbatan ta’lim xizmatlari hajmi 8,4 foizga oshgani qayd etildi. Bu sohaga bo‘lgan talab va sarmoyaning oshib borayotganini ko‘rsatadi. Ta’lim xizmatlari tarkibida esa oliy ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar katta ulushni egallab turibdi. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida ushbu xizmatlar umumiy ta’lim xizmatlari hajmining 46,8 foizini tashkil etgan.

Teglar

Mavzuga oid

Ta’lim xizmatlari narxi 11,1 trln so‘mga yetdi | Vaqt.uz