add

Taxtaqoracha dovonida yangi pulli tunnelni xitoyliklar qurishi mumkin

18.08.2025 | 10:0039643

Xitoyning «Poly Changa» kompaniyasi Taxtaqoracha dovonida yirik pulli tunnel qurish loyihasiga qiziqish bildirmoqda.

Taxtaqoracha dovonida yangi pulli tunnelni xitoyliklar qurishi mumkin
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, vazir Ilhom Mahkamov kompaniya bosh direktori Jechun Myao bilan uchrashib, Kitob—Shahrisabz—Qarshi avtomobil yo‘lini qayta qurish hamda Taxtaqorachada tunnel qurish masalalari muhokama qildi. Ushbu kompaniyaning xalqaro tajribasi mazkur yirik infratuzilma loyihasiga jalb etilishi mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yilda o‘tgan yig‘ilishda mazkur tunnel qurilishi kechikib, loyiha hali ishlab chiqilmaganini keskin tanqid qilgandi. Ordan ko‘p o‘tmay, Qashqadaryodagi yig‘ilishda yana shu masala ko‘tarilib, dovondan o‘tish sharoitlarini yengillashtirish zarurligi ta’kidlangan. Vazir Ilhom Mahkamov 2025 yil iyulida tunnel qurilishi bo‘yicha xalqaro tender o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, uchta kompaniya da’vogarlik qilmoqda va ulardan biri avgust oyida g‘olib deb topilishi kutilmoqda. Keyinchalik tender g‘olibi bilan shartnoma imzolanib, qurilish ishlari boshlanadi. Rejaga ko‘ra, tunnel uzunligi 7 kilometrni tashkil etadi va davlat-xususiy sherikchilik asosida barpo etiladi. Loyiha qiymati taxminan 100 mln dollarga baholangan. Yangi tunneldan pulli yo‘l sifatida foydalanish ko‘zda tutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid