add

Telegramʼda yangilanish: vazifalar ro‘yxatlari va pullik kontent takliflari joriy etildi

02.07.2025 | 20:005043

Telegram messenjerida navbatdagi katta yangilanish amalga oshirildi. Yangi funksiyalar orasida interaktiv vazifalar ro‘yxatlari va pullik postlar taklif etish imkoniyati alohida ahamiyatga ega.

Telegramʼda yangilanish: vazifalar ro‘yxatlari va pullik kontent takliflari joriy etildi
Telegram jamoasi tomonidan taqdim etilgan yangilanish Android va iOS dasturlari uchun 11.13, Windows uchun esa 5.15 versiyalarida ishlaydi. Unda interaktiv vazifalar ro‘yxatlari yaratish imkoniyati paydo bo‘lib, guruhlarda jamoaviy ishlarni muvofiqlashtirish osonlashdi. Telegram Premium obunachilari har qanday chatda bunday ro‘yxatlarni tuzishi mumkin. Vazirliklar, kompaniyalar va guruhlar uchun bu funksiya ish jarayonini nazorat qilishda muhim yordamchi bo‘lishi kutilmoqda. Vazifalar ro‘yxatini yaratish uchun yozish maydonidagi skrepka belgisini bosib, «Ro‘yxat» (Checklist) bandi tanlanadi. Muallif boshqa foydalanuvchilarga ro‘yxatdagi punktlarni yangilash yoki bajarilish belgisini qo‘yish huquqini bera oladi. Bunday ro‘yxatlar shaxsiy chatlarga, guruhlarga yoki «Tanlanganlar» bo‘limiga joylanishi mumkin. Shuningdek, messenjerda kanallar uchun pullik postlar taklif etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Premium-obunachilar kanal administratorlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri kontent taklif etib, narx va bajarilish vaqti bo‘yicha kelishib olishlari mumkin. Bunda to‘lovlar Telegram Stars yoki Toncoin kriptovalyuta orqali amalga oshiriladi. Agar post 24 soat ichida o‘chirib yuborilsa, mablag‘ qaytariladi. Bu funksiya orqali kanallar har qanday o‘lchamdagi auditoriyadan kontent qabul qilishi va hamkorlik marketingida ishtirok etishi mumkin. Telegram ma’muriyati ushbu yangilik orqali kontent mualliflariga aldovlardan himoya va maxfiylik kafolatini taqdim etishini ma’lum qildi. Yangilanish foydalanuvchilarning messenjer orqali faoliyatini yanada kengaytirishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid